Is gazidan ogoh böling! (+video)
Is gazi (uglerod oksidi) — rangsiz, hidsiz va taʼmsiz gaz bölib, inson organizmida kislorod yetişmovçiligini keltirib çiqaradi va hayot uçun jiddiy xavf tuğdiradi.
Oldini oliş qoidalari:
- Jihozlarni tekşiring: Isitiş peçlari, gaz plitalari va mörikonlarning sozligini muntazam nazorat qiling.
- Şamollatişni taʼminlang: Xonalar va garajlarda havo almaşinuvi yaxşi işlaşiga işonç hosil qiling.
- Nostandart vositalardan voz keçing: Qölbola yoki nosoz isitiş moslamalaridan foydalanmang.
- Signalizatsiya örnating: Xonaga is gazi datçigini örnatiş xavfni erta aniqlaşga yordam beradi.
Xavf va zaharlaniş belgilari
- Boş oğriği, boş aylanişi va köngil aynişi.
- Umumiy holsizlik, uyquçanlik va huşdan ketiş.
Zaharlaniş yoki gaz sizişida nima qiliş kerak?
- Darhol deraza va eşiklarni oçib, odamlarni toza havoga olib çiqing.
- Elektr jihozlarini yoqmang yoki öçirmang, oçiq olov işlatmang.
- Tez yordam (103), favqulodda vaziyatlar (101 / 1050) yoki gaz xizmatiga (104) murojaat qiling.
Özingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bölmang. Ogoh böling!
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov. ÖzA