Iqlim integratsiyasi: mintaqaviy hamkorlik va barqaror taraqqiyotning yangi modeli
Iqlim özgarişi bugun insoniyat oldida turgan eng jiddiy global muammolardan biriga aylandi. Uning oqibatlari tabiiy muhit bilan çeklanib qolmayapti. Suv resurslari taqçilligi, qişloq xöjaligi mahsuldorligi pasayişi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi va iqtisodiy barqarorlik bilan boğliq muammolar tobora keskinlaşmoqda. Bunday vaziyatda ekologik tahdidlarga qarşi kuraşişda alohida davlatlar saʼy-harakatining özi yetarli emas. Mintaqaviy hamjihatlik, xalqaro hamkorlik va umumiy yondaşuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Joriy yil 11-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi iştirokçilari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida ötkazilgan Jahon yetakçilari sammitida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan mintaqaviy iqlim integratsiyasi modeli ana şu zaruratga javob beradigan muhim taşabbus böldi.
Uning ahamiyati şundaki, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş faqat ekologik siyosat doirasidagi vazifa sifatida emas, balki iqtisodiy taraqqiyot, texnologik yangilaniş, investitsiyaviy şeriklik va mintaqaviy integratsiyani rağbatlantiruvçi omil sifatida qaralmoqda.
“Yaşil” taraqqiyot – iqtisodiy siyosatning ustuvor yönalişi
Sönggi yillarda yurtimizda tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biriga aylandi. Davlatimiz rahbari sammitda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlar natijalariga töxtalib, yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan gaz çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş böyiça belgilangan maqsad muddatidan oldin bajarilganini taʼkidladi. Endi 2035-yilga qadar uşbu körsatkiçni 50 foizga yetkaziş vazifasi belgilanmoqda.
Bu natijalar iqtisodiyotda energiya samaradorligini oşiriş, işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiriş va resurs tejovçi texnologiyalarga ötiş borasidagi özgarişlarni aks ettiradi. Şuningdek, sönggi ön yilda iqtisodiyotda suv sarfi deyarli ikki barobarga, suv havzalaridan olinayotgan suv miqdori esa beşdan bir qismga kamaygani, suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgani resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş borasida muayyan natijalarga erişilayotganini körsatadi.
Yerlarni tiklaş va örmonzorlar maydonini kengaytiriş ham ekologik barqarorlikni taʼminlaşning muhim tarkibiy qismidir. Xususan, ölkamizda örmonlar maydoni 6 million gektarga yetkazilgan bölib, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri keladi.
Ekologik islohotlarning samarasi avvalo, ularning iqtisodiyotga taʼsirida namoyon böladi. “Yaşil” texnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etiş korxonalarda energiya va suv sarfini kamaytiriş, mahsulot tannarxini maqbullaştiriş, raqobatbardoşlikni oşiriş hamda yangi investitsiya imkoniyatlarini şakllantirişga xizmat qiladi. Şu bois, “yaşil” iqtisodiyotga ötiş tabiatni muhofaza qiliş bilan birga, uzoq muddatli iqtisodiy ösişning ham muhim şarti hisoblanadi.
Markaziy Osiyo: umumiy muammolar va hamkorlikdagi yeçimlar
Markaziy Osiyo iqlim özgarişi oqibatlariga eng sezgir mintaqalardan biri sanaladi. Muzliklarning qisqarişi, suv resurslarining kamayişi, qurğoqçilik va yerlar degradatsiyasi nafaqat ekologik muhitga, balki iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikka ham bevosita taʼsir körsatmoqda.
Ayniqsa, qişloq xöjaligi, energetika va aholi farovonligi suv resurslarining barqarorligiga bevosita boğliq bölgan mintaqada mazkur muammolarni birgalikda hal etiş strategik ahamiyat kasb etadi, çunki tabiiy jarayonlar davlat çegaralarini tan olmaydi. Bir mamlakatda yuzaga kelgan ekologik özgarişlar butun mintaqaning suv taʼminoti, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy rivojlanişiga taʼsir qilişi mumkin.
Şu nuqtai nazardan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mintaqaviy iqlim integratsiyasi modeli alohida ahamiyatga ega. Uning zamirida davlatlar saʼy-harakatini muvofiqlaştiriş, ilmiy bilim va texnologiyalar almaşinuvini kengaytiriş, şuningdek, moliyaviy resurslarni umumiy maqsadlar yölida samarali safarbar etiş ğoyasi mujassam.
Taşabbus doirasida hamkorlikning uçta ustuvor yönalişi taklif etildi.
Birinçi yönaliş – axborot integratsiyasi. Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisidagi maʼlumotlar almaşinuvi infratuzilmasini yaratiş taklif etildi. Bu iqlim jarayonlarini ilmiy asosda kuzatiş, tabiiy ofatlarni oldindan prognoz qiliş va ularning iqtisodiyotga ehtimoliy taʼsirini baholaş imkoniyatlarini kengaytiradi. Zero, işonçli maʼlumotlar va aniq prognozlar öz vaqtida, asoslangan qarorlar qabul qilişning muhim şartidir.
Ikkinçi yönaliş – texnologik integratsiya. “Eco Expo” körgazmasini mintaqa ehtiyojlariga mos zamonaviy ekologik yeçimlarni taqdim etadigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirişga tayyorlik bildirildi. Bu orqali “yaşil” texnologiyalar bozorini rivojlantiriş, innovatsion işlanmalarni amaliyotga joriy etiş, xususiy sektor va investorlarning iştirokini kengaytiriş közda tutilmoqda.
Uçinçi yönaliş – moliyaviy integratsiya. Iqlim özgarişiga moslaşiş va uning salbiy oqibatlarini yumşatiş katta moliyaviy resurslarni talab etadi. Şu bois, taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan hamkorlikda imtiyozli grantlar hamda moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş taşabbusi ilgari surildi. Bunday vositalar suv resurslarini muhofaza qiliş, iqlim özgarişiga moslaşiş va ekologik loyihalarni amalga oşiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.
Uşbu uç yönalişning özaro uyğunligi taşabbusning muhim jihatidir. Yaʼni, aniq maʼlumotlar samarali texnologik yeçimlarni tanlaşga, ularni hayotga tatbiq etiş esa maqsadli moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqişga asos böladi. Natijada hamkorlik alohida loyihalar doirasidan çiqib, yaxlit mintaqaviy tizimga aylanişi mumkin.
Ekologik madaniyat va inson kapitali – “yaşil” kelajak poydevori
Iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş davlat dasturlari, investitsiyalar va texnologik yeçimlar bilangina çeklanmaydi. Bu jarayonda inson omili, ayniqsa, yoş avlodning ekologik bilimi va madaniyati hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Sammitda Prezidentimiz bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktabdan boşlanişini alohida taʼkidladi. Suvni tejaş, daraxtlarni parvariş qiliş, atrof-muhitni asraş kabi oddiy könikmalarning bolalikdan şakllanişi kelajakda tabiatga masʼuliyat bilan munosabatda böladigan avlodni tarbiyalaşga xizmat qiladi.
Aholining katta qismini yoşlar taşkil etadigan Özbekiston uçun bu masala yanada dolzarbdir. Bugun ekologik bilim va könikmalarni egallagan avlod ertaga işlab çiqariş, tadbirkorlik, ilm-fan va davlat boşqaruvida muhim qarorlar qabul qiladi. Şu maʼnoda, ekologik taʼlimga kiritilgan sarmoya barqaror taraqqiyot uçun ham xizmat qiladi.
Şu bois, taʼlim muassasalarida “yaşil” iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş tamoyillarini keng örgatiş, yoşlarni ekologik innovatsiyalar va amaliy loyihalarga jalb etiş muhim vazifalardan biridir. Ekologik madaniyatni kundalik hayot meʼyoriga aylantiriş esa davlat siyosati va jamiyat saʼy-harakatlarining muştarakligini talab etadi.
Iqlim integratsiyasi – barqaror taraqqiyot sari muhim qadam
Davlatimiz rahbari tomonidan COP31 sammitida ilgari surilgan mintaqaviy iqlim integratsiyasi taşabbusi Özbekistonning global ekologik jarayonlardagi faol pozitsiyasini namoyon etdi. Eng muhimi, unda mintaqaviy hamkorlikning aniq mexanizmlari – axborot almaşinuvi, texnologik şeriklik va moliyaviy kömak bir-biri bilan uzviy boğliq holda taklif etilmoqda.
Albatta, har qanday taşabbusning haqiqiy qiymati uning amaliy natijalari bilan belgilanadi. Buning uçun takliflarni mintaqaviy kelişuvlar, qöşma dasturlar, investitsiya loyihalari va samarali institutsional mexanizmlar bilan mustahkamlaş zarur. Ayni jarayonda davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar, moliyaviy institutlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xususiy sektorning muvofiqlaşgan faoliyati muhim örin tutadi.
Bugun iqtisodiy taraqqiyot va ekologik barqarorlikni bir-biriga muqobil maqsadlar sifatida qarab bölmaydi. Aksinça, ular uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasining özaro boğliq tarkibiy qismlaridir. Tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, innovatsion texnologiyalarni rivojlantiriş, “yaşil” investitsiyalarni jalb qiliş va inson kapitalini mustahkamlaş orqali ekologik xavf-xatarlarni kamaytiriş bilan birga, yangi iqtisodiy imkoniyatlarni ham röyobga çiqariş mumkin.
Şu maʼnoda, Özbekiston tomonidan ilgari surilgan mintaqaviy iqlim integratsiyasi modeli Markaziy Osiyoda umumiy ekologik manfaatlar asosida hamkorlikni çuqurlaştiriş, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş va kelajak avlodlar uçun munosib hayot muhitini yaratişga qaratilgan muhim taşabbusdir.
Binobarin, iqlim özgarişi sarhad tanlamaydi. Demak, uning oqibatlariga qarşi kuraşiş ham umumiy masʼuliyat va birgalikdagi harakatlarni talab etadi. Bugun yölga qöyiladigan hamkorlik ertangi ekologik xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam asosiga aylanişi şubhasiz.
Nigora Mahmasobirova,
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti dotsenti.
ÖzA