Iordaniyada cherkovga hujum: qurbonlar bor
Iordaniyaning Kerak shahridagi cherkovga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi. Mamlakat xavfsizlik kuchlari hujumga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar shaxsni qo‘lga olgan.
Iordaniya qiroli Abdulloh II hujumni qoralab, terrorizmga qarshi qat’iy kurash olib borilishini bildirdi. Davlat rahbari mamlakat aholisini birdamlikka chaqirdi.
O‘lka ichki ishlar vaziri Mazin al-Faray ham hujumni ekstremistik guruh tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakati sifatida baholab, uni keskin qoraladi. Uning ta’kidlashicha, xavfsizlik kuchlari jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
A.Mamatov, O‘zA