Bolgariyada prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
Bolgariyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichida nomzodlardan hech biri g‘alaba uchun zarur bo‘lgan mutlaq ko‘pchilik ovozni to‘play olmadi. Shu munosabat bilan 1-noyabr kuni saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saylov uchastkalari bayonnomalarining 99,94 foizi hisoblab chiqilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Iliana Yotova 34,76 foiz (528 753 ta), Andrey Gyurov esa 31,94 foiz (485 927 ta) ovoz olgan. Uchinchi o‘rinda 12,54 foiz ovoz bilan Kostadin Kostadinov bormoqda.
Birinchi bosqichda saylovchilar faolligi past bo‘lib, ovoz berishda qatnashganlar ulushi taxminan 22 foizni tashkil etgan.
Iliana Yotova saylovchilar davomati pastligidan xavotir bildirib, fuqarolarni ovoz berishda faol ishtirok etishga chaqirdi. Andrey Gyurov esa ikkinchi bosqich oldidan raqibi bilan ochiq debat o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA