Internetdan dunyoni topib, yon qöşnimizni yöqotib qöymaylik
Jamiyat va qadriyatlar
Poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanidagi Mirzokalon Ismoiliy mahallasi. Bolalar futbol öynaşni tugatib, uy-uylariga tarqalyapti. Hammasi terga botgan. Biri koptokni qöltiqlab olgan, yana biri velosipedini erinibgina yetaklab boryapti.
Ularning suhbati beixtiyor quloğimga çalinadi. Bu manzara menga bolalik xotiralarimni eslatadi. Ha, bari keçagidek yodimda. Bugun ular turgan – barça şaroitlarga ega zamonaviy uylar qad rostlagan joyda bir vaqtlar bizning tuproq maydonimiz bölardi. Ikki toş yoki ğiştdan darvoza yasab, koptok ortidan yugurar edik. Baʼzan esa döstlar bilan maydon çetida töplanib, qizğin suhbatlaşardik.
Bolalik xotiralarining özgaça bir sehri bor. Oradan yillar ötsa ham, ularning ayrimlari keçagidek yodimizda saqlanadi. Köz oldimizda esa, avvalo, öşa qadrdon hovli gavdalanadi. Ertalab quyoş nuri tuşadigan ayvon, bir çetdagi supa, soyasida bolalar öynaydigan daraxt, tandirdan taralayotgan issiq non hidi...
Hovlida hayot qaynar, har bir burçakda alohida bir ovoz, alohida bir xotira yaşardi. Qöşni hovlidan kimningdir biror yumuşga çaqirgan ovozi eşitilardi. Keç tuşgaç, kattalar supa atrofida jam bölardi. Bir piyola çoy ustida boşlangan suhbat baʼzan ançagaça davom etardi.

Öşa manzaralarda haşamat ham, ortiqça dabdaba ham yöq edi. Ammo odamlar orasida samimiyat, özaro işonç va bir-biriga eʼtibor sezilib turardi. Qöşni degani quvonçli kuningda şerik, taşvişli paytingda hamdard böladigan yaqin kişi edi.
Bu munosabatlar alohida kelişuv yoki majburiyat asosida emas, balki odamlarning kundalik hayoti va tarbiyasiga singib ketgan odatlar edi. Albatta, ötmişni faqat gözal xotiralar orqali eslaş mumkin emas. U davrning ham öz qiyinçiliklari, maşaqqatlari bölgan. Biroq inson xotirasida qoladigan narsa köpinça moddiy şaroit emas, balki odamlarning bir-biriga munosabati, birga ötkazilgan lahzalar va qalbga yaqin muhitdir.
Har kuni işga ketayotganimda mahallamiz çetida qurut va turli şirinliklar sotib ötiradigan Şoira opaga közim tuşadi. U kişi hozir saksonni qoralagan. Onaxon meni bolaligimdan taniydi. Mahallamizda töymi, haşarmi yoki maʼrakami, köpinça şu kişining maslahati bilan ötadi. U barçamiz uçun mehribon ona, ğamxör buvidek qadrli inson. Mahallaga kim keldi, kim ketdi, kimning qanday taşvişi bor – hammasidan xabardor.
Onaxonning bu yerda ötirişi ham şunçaki savdo-sotiq emas. Suhbatlarimizda u kişi bu maşğulotdan keladigan arzimas daromadni öylab ötirmasligini taʼkidlaydi. Uyda bekor qolmasdan, odamlar bilan gurunglaşib, harakatda bölişni istaşini bildiradi.
Aslida, mahallaning fayzi ham şunday insonlar bilandir. Şoira opaning kiçik dökonçasi ham mahallamiz hayotining bir bölagiga aylangan.
Biroq yillar ötişi bilan mahallamiz ham özgardi. Bir vaqtlar bolalar töp tepib, berkinmaçoq öynagan tor köçalar örnida keng yöllar paydo böldi. Eski uylar örnini zamonaviy binolar egalladi. Ilgari köp vaqt va mehnat talab qilgan yumuşlar bugun texnika yordamida osongina bajarilmoqda. Internet, smartfon kabi texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Bularning barçasi taraqqiyot belgisidir.
Ayniqsa, yoş avlodning zamonaviy bilim va könikmalarni egallaşi, raqamli dunyoda öz örnini topişi muhim. Ertangi kun bugungi bolalarning bilimli, izlanuvçan va zamon talablariga mos bölib ulğayişiga boğliq. Biroq taraqqiyot sari intilayotgan ekanmiz, yana bir jihat haqida öylab köriş kerak.
Bugun köpçiligimiz ertalab uydan şoşilib çiqamiz. Kimdir işga, kimdir öqişga şoşadi, ota-onalar esa farzandlarini maktab yoki boğçaga kuzatiş taraddudida böladi. Kun davomida iş, tirikçilik va turli yumuşlar bilan bandmiz. Keçqurun uyga qaytgaç ham telefondagi xabarlar, ijtimoiy tarmoqlar va ertangi rejalar diqqatimizni tortadi. Baʼzan bir dasturxon atrofida ötirgan oila aʼzolarining har biri öz telefoni bilan ovora. Hamma bir joyda-yu, ammo har kim öz dunyosida.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi inson bilan bir zumda boğlanişimiz mumkin. Uzoqdagi qarindoşlar, döstlar va tanişlar bilan suhbatlaşamiz, yangiliklardan xabardor bölamiz. Ammo baʼzan bir köçada yaşaydigan qöşnimizning ahvolidan bexabar qolamiz. Darvoza oldida uçraşganda salomlaşamiz-u, hol-ahvol söraşişga ham vaqt ajratmaymiz.
Albatta, buning sababini faqat telefon yoki internetdan izlaş töğri emas. Muhimi, ulardan qanday va qay maqsadda foydalanayotganimizda. Texnologiya insonning vaqtini tejaşi, bilimini oşirişi, imkoniyatlarini kengaytirişi kerak. Ammo ular bizni yaqinlarimizdan, oilamizdan, mahallamizdan uzoqlaştirmasligi ham muhim.
Bolalarga zamonaviy texnologiyalardan töğri foydalanişni örgatiş bilan birga, ularning qalbiga ota-onaga hurmat, kattalarga ehtirom, qöşniga mehr kabi tuyğularni ham singdiriş lozim. Çunki kelajak avlod texnologiyani bizdan ham yaxşiroq bilişi, undan samarali foydalanişi mumkin. Ammo şu jarayonda insoniylik va mehr-oqibat ham yöqolib ketmasligi kerak. Bir oğiz şirin söz, yuzma-yuz suhbat, keksalar holidan xabar oliş, qöşnining quvonçiga şerik böliş kabi oddiy munosabatlarni heç bir elektron vosita töliq almaştira olmaydi.
Bolaligimdan bir voqea yodimda qolgan. Mahallamizdagi mevali daraxtlarga çiqib, pişgan mevalarni uzib yer edik. Baʼzan bolalik şöxligi bilan daraxt şoxlarini ham sindirib qöyardik. Ana şunday kunlarning birida mahallamiz boğboni Neʼmat bobo bizni tutib oldi.
– Bolalarim, bu mevalar barçangizniki, lekin yillar davomida parvarişlangan daraxtning şoxini sindiriş yaxşi emas, – dedi jahlida ham mehri sezilib. – Daraxtni asraş kerak. Inson ham xuddi şunday, hayotda baquvvat bölib ulğayişi uçun bilim olişi va mehnat qilişi zarur.
Hozir Neʼmat boboning sözlaridagi maʼnoni çuqurroq anglayapman. Daraxt parvariş bilan baquvvat bölganidek, inson ham mehr, eʼtibor va töğri tarbiya bilan kamol topadi. Bu tarbiya esa faqat oilada emas, mahalla muhitida, kattalarning munosabati va şaxsiy namunasi orqali ham şakllanadi.

Hayot özgarişda davom etadi. Kelgusida ham yangi turar joylar barpo etiladi, şaharlar kengayadi, texnologiyalar rivojlanadi. Öşa zamon bolalarning bolaligi ham biznikidan farq qiladi. Ular boşqa öyinlar öynaydi, yangi vositalar orqali muloqot qiladi, dunyoni özgaça anglaydi. Bu tabiiy holdir. Şu bois ötmişdagi turmuş tarzini aynan tiklaşga uriniş emas, balki uning eng yaxşi jihatlarini bugungi hayot bilan uyğunlaştiriş muhim.
Zamon özgaradi, turmuş tarzi yangilanadi, ammo insonni insonga boğlab turadigan qadriyatlar davr tanlamaydi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA şarhlovçisi