Çempion sportçilar, murabbiylar va soha fidoyilari munosib taqdirlandi
Xiva şahrida Prezident Olimpiadasi, “Jahon yoşlar ligasi” hamda futbol böyiça “Xorazm viloyati kubogi” musobaqalarida birinçilikni qölga kiritgan sportçilar, ularning murabbiylari, faxriy sport ustalari, şuningdek, şaharda sportni rivojlantiriş va sportçi yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga homiylik qilgan fidoyi insonlarni taqdirlaşga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimining örinbosari Botir Saidov, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining Xorazm viloyati ijroçi direktori Usmonboy Jumagaldiyev, Xiva şahar hokimi Temur Davletov sözga çiqib, iştirokçilarni yuksak ğalaba va marralar bilan qutladi.

- Mamlakatimizda sportçilarga ehtirom körsatiş va ularni taqdirlaş davlat siyosati darajasida muntazam ravişda amalga oşirib kelinmoqda, - deydi Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining Xorazm viloyati ijroçi direktori Usmonboy Jumagaldiyev. – Kuni keça viloyat hokimligida ham xalqaro musobaqalar sovrindorlari hamda yirik milliy öyinlar ğoliblarini şaraflaşga bağişlangan tadbir ötkazildi. Bu kabi tadbirlar yoş sportçilarimizni yanada şijoatli bölişga va yangi ğalabalarni vohamizga taqdim etişga undaydi.

Tadbir davomida yuksak marralarni zabt etgan sportçilar va ularning ustozlariga, şuningdek, yoşlar sporti rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan homiylarga şahar hokimligining maxsus taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri