Gimnastrada: Buxoro jamoasi ğoliblik şohsupasida
Poytaxtimizdagi Respublika gimnastika saroyida “Gimnastika barça uçun” şiori ostida xotin-qizlar örtasida ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Prezident kubogi musobaqasida Buxoro viloyati jamoasi ğoliblik şohsupasiga kötarildi
Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qömitasi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda iştirok etgan Sport vaziri Adham Ikramov, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatova, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi raisi örinbosari Ozoda Parpiboyeva mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantiriş, ularni ommaviy sportga keng jalb etiş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlarning samarasi haqida töxtalib, joriy yil sentabr oyida yakunlangan “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi mahalla yoşlari örtasida ötkazilgan uç bosqiçli “Gimnastrada” musobaqalarida 14-30 yoşdagi 303 ming nafardan ortiq yigit-qiz iştirok etganligini taʼkidlaşdi.

Qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori mamlakatimizda yoşlar, jumladan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etiş, ularning jismoniy faolligini oşiriş va salomatligini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xotin-qizlar örtasida ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş maqsadida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan Prezident kubogi musobaqasining joriy yilgi mavsumida ham 10 ming nafardan ortiq xotin-qiz qatnaşdi.

Musobaqaning final bosqiçi 10-44 yoşdagi hamda 45 yoşdan yuqori xotin-qizlar örtasida ikki yoş toifasida taşkil etildi. Hududiy bosqiçlarda ğolib bölgan 24 ta jamoa tarkibidagi 350 nafarga yaqin iştirokçi poytaxtimizda jam böldi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida taşkil etilgan hududiy studiyalar orqali yana 1 ming nafardan ortiq xotin-qizlar tadbirda iştirok etdi.

Gimnastrada böyiça ötkazilgan mazkur öziga xos sport musobaqasi 10–44 yoş hamda 45 yoşdan yuqori bölgan xotin-qizlar örtasida ikki yoş toifasida, 6 ta nominatsiya böyiça taşkil etildi.
Musobaqa natijalariga köra, 24 ta jamoa ikki yoş toifasi doirasida ğolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
T. Röziyev, ÖzA