Inson ruhiyati va jamiyat taraqqiyoti meʼmori
Moddiyat ustun bölgan bugungi dunyoda inson ruhiyatiga madad, hayotga işonç bağişlovçi haqiqiy ustozlarning jamiyatdagi örni qançalik muhim? Ular bilimdan taşqari, qalbga qanday quvvat bera oladi?
Garçand bugungi insonlar yaşaş mohiyatini moddiyatga asoslagan bölsa-da, ruhiyat xazinasida heç bir javohirga sotilmaydigan muqaddas fazilatlar bor. Ana şunday fazilatlardan biri — kişilar könglini kötariş. Baʼzan buning uçun birgina şirin söz ham kifoya. “Nafs singan paytda nasihatga emas, qaynoq quçoqqa ehtiyoj sezadi”, — deyiladi muqaddas kitoblarda. Darhaqiqat, kişi boşiga bir iş tuşsa yoki öz qobiğidan çiqişga qiynalsa, qalbi uyğoq bir inson kömagiga muhtoj böladi. Şunday kezlarda zarraça eʼtibor ham insonga ulkan şijoat va işonç bağişlaydi. Çin ustozlik tojini kiyganlar ana şunday köngil şifokorlaridir. Ustoz kişiga faqat ilm berib, yöl-yöriq körsatibgina qolmay, şogirdlarning hayot tarziga ham taʼsir körsata oladi.
Kelajakni yoritib turuvçi çiroq — bu tarix deyilişi bejiz emas. Tarixda bunday ustoz-şogird anʼanalari talaygina. Xususan, Hazrat Alişer Navoiy fikrimizning yorqin ifodasi. Navoiy öziga qadar yaşagan va zamondoş ustozlariga hamişa hurmat bilan munosabatda bölgan. Biroq Abdurahmon Jomiyga bölgan muhabbati özgaça edi. Öz navbatida Jomiy ham Navoiyga çinakam maʼnaviy homiy va ilhom manbai edi. Şuning uçun ham Navoiy turkiy tilda “Xamsa” yozişda ustozidan eng köp kuç va işonç oladi. Oqibatda Navoiyning “Xamsa”si Xamsazor boğning muattar bir guliga aylanadi. Jomiy forsiyzabon şoir bölsa-da, öz şogirdining turkiy guldastasini ğoyat yuqori baholaydi. “Turkiy tilning tarovatini tuymoqçi bölganlar Alişerbekning “Xamsa”sini öqisin”, — deya taʼkidlaydi. Demak, Navoiy yetiştiriş uçun Jomiydek yoki Oybek yetişib çiqişi uçun Çölpondek ustozlar jamiyat uçun ğoyat muhim.
Şu maʼnoda yuksak marralar közlagan millat borki, dadil qadamlar sohibi bölgan yoşlari va fidokor ustozlariga tayanadi. Bugun ilgari surilayotgan taşabbuslar va erişilayotgan natijalarni körib, şonli tarix nafasini tuygandek böladi kişi. Qolaversa, davlatimiz rahbari dadil ilgari surayotgan Uçinçi Renessans ğoyasi ham haqiqatning asl körinişiga aylanib borayotganiga ham guvoh bölmoqdamiz.
Şu örinda taʼkidlaşim kerakki, kaminaning hayotida ham ustozlarning örni tom maʼnoda ulkan. Men ham bir qança ustozlarimdan faqat fan ilminigina emas, balki hayot darslarini, insoniylik hikmatlarini ham örganib kelmoqdaman. Ayniqsa, men kabi jismoniy imkoniyati çeklangan kişilar sinovlar oldida qançalik sabrli bölmasin, yorqin kelajak va farovon turmuş haqida berilib orzu qila olmaydilar. Bir neça yil oldin menda ham ayni ahvol edi. Biroq oliy taʼlimdagi yölim poytaxt bilan tutaşgaç, qaraşlarim asta-sekin özgara boşladi. Ustozlar mehri, talabi va eʼtibori jamiyatda özimni kerakli deb his qila boşlaşimga sabab böldi. Qolaversa, mamlakatimizda nogironlar hayotiga bölgan eʼtiborning yangiça siyosiy ahamiyat kasb etgani ham işonç gulxanimni alangalatib yubordi desam, mubolağa bölmaydi.
Aslida, ustozlar va ularning hayotimizdagi örnini heç bir söz bilan tugal tasvirlaş imkonsiz. Biroq xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, agar çin ustozlik maqomidagi muallimlar saboğini mayoğimizga aylantirsak, jamiyatimiz yuksak, turmuşimiz obod böladi.
Şerbek Islomov,
ÖzA