Innovatsiya anjumani: Raqamlashtirish va atoqli olim yubileyi
Bugun Toshkent shahrida an’anaviy Xalqaro “Innovatsiya-2026” ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.
Anjumanнинг ochilish marosimi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ushbu sohada ko‘p yillik tajribaga ega fan doktorlari, professor hamda yosh olimlar, innovatsion-texnologik rivojlantirish bo‘yicha ishlanmalar olib borayotgan ilmiy xodimlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjuman doirasida eng muhim ilmiy-amaliy va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 6 ta sho‘’bada ish olib borildi. Bular - yoshlar va ta’lim muammolari, kon ishi va metallurgiya, avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ya’ni raqamlashtirish. Ushbu mavzular bo‘yicha eng tajribali olimlar ma’ruzalar qildi.
—Biz bugun innovatsiya degan so‘zni tez-tez ishlatyapmiz. Xo‘sh, innovatsiya o‘zi nima? Innovatsiya — yangilik yaratish demak. Men eng muhim yangiliklarni, avvalo o‘quv jarayoniga kiritishimiz kerak, deb hisoblayman. Bugun amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan yana bir dolzarb ishlarimizdan biri sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib innovatsiya ruhidagi g‘oyalarimizni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘lishi kerak. Qaysi soha bo‘lishidan qat’i nazar — tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, iqtisod yoki boshqa soha bo‘ladimi — barchasiga innovatsiyani qo‘llashimiz zarur, — deydi O‘zbekiston milliy universiteti Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi professori Mirsaid Oripov.
Shuningdek, tadbir doirasida avtomatika, telemexanika va boshqaruv tizimlari sohasidagi taniqli o‘zbek olimi, texnika fanlari doktori, professor Omonulla Қодировнинг 85 yillik yubileyi ham keng nishonlandi.
Uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ko‘p yillik samarali ilmiy faoliyati, matematika sohasidagi izlanishlari hamda yosh avlodni yetuk mutaxassislar etib tarbiyalash borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
U uzoq yillar davomida Toshkent davlat texnika universiteti (sobiq Politexnika instituti) tizimida samarali faoliyat yuritib, yurtimizda avtomatlashtirish va kompyuter fanlari sohasining rivojlanishiga hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlanishiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
So‘zga chiqqanlar olimning boy ilmiy merosi, xalqaro miqyosdagi tajribasi va shogirdlari kamoloti yo‘lidagi mehnatlarini yuksak baholab, yubiley munosabati bilan samimiy tilaklarini bildirdi.
Olimning ilm yo‘lidagi ko‘p yillik izlanishlari, boy tajribasi va samarali mehnati yosh avlod uchun katta maktab. Bunday olimlarning hayoti va faoliyati ilmga sadoqat hamda mehnatning qadrini anglatadi.
[gallery-32169]
N.Rahmonova,
F.Abdurasulov (surat),
O‘zA