Yerdan oqilona va samarali foydalaniş lozim
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonida yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, qişloq xöjaligi sohasiga investitsiyalarni keng jalb etiş, yer egalarining masʼuliyati va manfaatdorligini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, yer maydonlarini ijaraga berişda bozor tamoyillarini keng joriy etiş, yerdan foydalanişda tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş sohadagi yangi bosqiçni boşlab berdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qişloq xöjaligi ekin maydonlari unumdorligini oşiriş, tarmoqqa investitsiyalar jalb qiliş uçun qulay şart-şaroit yaratiş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni bilan joriy etilgan qişloq xöjaligi yer maydonlarini ijaraga berişning yangi tizimi ana şu islohotlarning muhim yönalişlaridan biri böldi. Uşbu tizimni barça hududlarda tatbiq etiş maqsadida 2026-yil 24-aprelda “Qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarining yerdan foydalanişdagi mustaqilligini taʼminlaşga qaratilgan navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonning qabul qilinişi esa yer munosabatlarida yagona va zamonaviy yondaşuvni şakllantirişga xizmat qilmoqda.
Navoiy viloyatida ham mazkur islohotlar ijrosini taʼminlaş borasida izçil işlar olib borilmoqda.

Viloyat hokimligi huzuridagi “Ijaraga berilgan qişloq xöjaligi yerlariga xizmat körsatiş direksiyasi” tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, 2025-yil 1-martdan bugungi kunga qadar yangi tizim asosida jami 3 ming 969 gektar yer maydoni 4 milliard 890 million sömga auksion orqali ijaraga berilgan.
Şundan birinçi va ikkinçi bosqiçlarda 425 gektar yer maydoni 177 million sömga, uçinçi bosqiçda esa suğoriş imkoniyati mavjud bölgan 3 ming 36 gektar yer maydoni 4 milliard 529 million sömga sotilgan.
– Bugungi kunda viloyatda ijaraga berilgan 1 223,9 gektar yer maydonida yuqori daromadli qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirilmoqda, – deydi direksiya boş mutaxassisi Iskandar Xayrullayev. – Ayni paytda 129 gektar yer maydonida suv taʼminotini, 214 gektar maydonda elektr taʼminotini yaxşilaş rejalaştirilgan. Yana 2 473,1 gektar yer maydoni yaqinda auksion orqali ijaraga berilgani sababli ularda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş işlari boşlanmoqda. Albatta, yer qançalik unumdor bölmasin, suv, elektr energiyasi, yöl va boşqa zarur şaroitlar yetarli bölmasa, undan yuqori samara oliş qiyin. Şuning uçun yangi tizimda yer ajratiş bilan bir qatorda uni özlaştiriş va işlab çiqarişga kiritişda zarur infratuzilmani yaratişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Navoiy viloyatining tabiiy-iqlim şaroiti, suv resurslarining çeklanganligi va keng yaylov maydonlari mavjudligini hisobga olsak, bu yönalişdagi işlar yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Konimex tumanida Misr tajribasi asosida 3 ming 800 gektar yaylovni özlaştiriş, 9,3 kilometr uzunlikdagi “Kengsoy” kanalini quriş işlari amalga oşirilmoqda. Loyiha natijasida yiliga 124 ming tonna çorva ozuqasi yetiştiriş va 400 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan.
Nurota tumanida ham yer va suv resurslaridan samarali foydalanişga qaratilgan loyihalar amalga oşirilmoqda. Jumladan, “Qulamarjarsoy” hududida 100 ming kub metr siğimga ega suv havzasini quriş loyihasi şakllantirilgan. Qiymati 4 milliard söm bölgan uşbu loyiha 4 ming 800 gektar yer maydonining suv taʼminotini yaxşilaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
Tumandagi Jarma mahallasi hududida “Qizil lola boğlari” MÇJ tomonidan ijaraga olingan 38,6 gektar yer maydonida 2027-yilda sanoatlaşgan boğdorçilik plantatsiyasini taşkil etiş rejalaştirilgan. Loyihani amalga oşirişda Direksiya tomonidan infratuzilma masalalarida kömaklaşiş böyiça kelişuvga erişilgan.
Şuningdek, “Zarafşon nurli boğlari” MÇJ tomonidan qariyb 65,5 gektar maydonda zamonaviy agro-sut klasterini taşkil etiş loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyiha doirasida 80 boş xorijiy zotli soğin sigir olib kelingan, 20 gektar maydonda esa çorva ozuqasi uçun makkajöxori yetiştirilmoqda.

Bunday loyihalar qişloq xöjaligida işlab çiqarişni diversifikatsiya qiliş, çorvaçilik va boğdorçilikni rivojlantiriş, mahsulot yetiştirişdan tortib uni qayta işlaşgaça bölgan jarayonlarni özaro boğlaş imkonini beradi.
Islohotlarning yana bir muhim jihati yerdan foydalaniş samaradorligini oşiriş bilan birga, uning iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlarini takomillaştirişdir. Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, 2025-yildan buyon direksiyalar hisobiga yer uçastkalarini auksion orqali sotişdan jami 542,5 million söm mablağ kelib tuşgan. Şuningdek, viloyat böyiça yer maydonlari toifasini özgartiriş natijasida 34,9 milliard söm nobudgarçilik tölovlari hisoblangan.
Hududlarda 2026-2028-yillarga möljallangan yer maydonlarini özlaştiriş, qayta foydalanişga kiritiş va suv taʼminotini yaxşilaş dasturlari işlab çiqilib, xalq deputatlari viloyat Kengaşlari qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur dasturlarga muvofiq, yer maydonlarini auksionda ijaraga beriş, ikkilamçi ijara va nobudgarçilik tölovlaridan mahalliy byudjetga yönaltiriladigan 29 milliard 174 million söm mablağ hisobidan jami 24,5 ming gektar yer maydonining suv taʼminotini yaxşilaş belgilangan.
Eng muhimi, mazkur islohotlar natijasida hozirga qadar foydalanilmagan imkoniyatlar işga solinib, yangi loyihalarga yöl oçilmoqda.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri