Baliqçilik tarmoğini rivojlantiriş istiqbollari muhokama etildi
Sirdaryo viloyatida baliqçilik tarmoğini rivojlantiriş, mahsulot yetiştiriş hajmini oşiriş va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş orqali mavjud salohiyatdan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mirzaobod tumanida ötkazilgan amaliy seminarda soha oldida turgan vazifalar, tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda suv resurslaridan oqilona foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Unda Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri örinbosari Mirolim Karimov, Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliği Nurkamol Ataqulov, viloyat prokurori örinbosari Şerzod Ortiqboyev, viloyat hokimining ilmiy maslahatçisi Normat Durdiyev, Suv xöjaligi obʼektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasining viloyat rahbari Azamat Jöraboyev, Baliqçilikni rivojlantiriş markazi vakili Saʼdulla Rahmatillayev, markazning viloyat bölimi boşliği Ğulom Sulaymanov, şuningdek, baliqçilik xöjaliklari rahbarlari va soha mutaxassislari iştirok etişdi.

Dastlab Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi «Baliqçilik tarmoğini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmonining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar va tadbirkorlar uçun nazarda tutilgan qöllab-quvvatlaş mexanizmlari xususida söz yuritildi.
Suv xöjaligi vaziri örinbosari Mirolim Karimov baliqçilik tarmoğida işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, intensiv yetiştiriş usullarini kengaytiriş va suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş bugungi kunning muhim talablaridan ekanini taʼkidladi.

— Bugungi kunda baliqçilik sohasida asosiy eʼtibor mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş, intensiv texnologiyalarni kengaytiriş va mahsulot yetiştiriş hajmini oşirişga qaratilmoqda. Bunda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qöllab-quvvatlaş mexanizmlaridan samarali foydalaniş, har bir xöjalikning işlab çiqariş salohiyatini oşiriş muhim ahamiyatga ega, — dedi Mirolim Karimov.
Darhaqiqat, baliqçilikda anʼanaviy usullardan intensiv texnologiyalarga ötiş mavjud suv havzalaridan yanada unumli foydalaniş, mahsulot yetiştiriş hajmini köpaytiriş va iqtisodiy samaradorlikni oşiriş imkonini beradi. Buning uçun suvdagi kislorod miqdorini meʼyorda saqlaş, sifatli ozuqa bilan taʼminlaş, zamonaviy uskunalardan foydalaniş va yetiştiriş jarayonlarini ilmiy asosda taşkil etiş muhim.

Şu nuqtai nazardan qaraganda, aeratorlardan foydalaniş intensiv baliqçilikning muhim şartlaridan biri hisoblanadi. Ular suv tarkibidagi kislorod miqdorini oşiriş, baliqlarning ösişi uçun qulay muhit yaratiş va yetiştiriş samaradorligini yaxşilaşga yordam beradi. Sirdaryo viloyatidagi 3 200 gektar baliqçilik maydoni uçun jami 9 600 dona aerator xarid qiliş belgilangan. Bu suv havzalarining imkoniyatlaridan samarali foydalaniş va intensiv texnologiyalarni keng joriy etişga zamin yaratadi.
Sohada tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş ham muhim yönalişlardan biri hisoblanadi. Xususan, PF-122-son Farmonga muvofiq, muqobil energiya manbalari bilan jihozlangan zamonaviy aeratorlarni xarid qiliş xarajatlarining 50 foizigaça, biroq 5 million sömdan oşmagan qismiga bir martalik subsidiya ajratilişi belgilangan. Mazkur subsidiya intensiv usulda gektaridan 10 tonnadan ortiq baliq yetiştirgan tadbirkorlik subʼektlariga taqdim etiladi. Şuningdek, yopiq suv aylanma tizimlarini joriy etiş va boşqa yönalişlarda ham kompensatsiya mexanizmlari nazarda tutilgan.

Seminarda suv resurslaridan oqilona foydalaniş va ularning aniq hisobini yuritiş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliği Nurkamol Otaqulov bu boradagi talablarga töxtalib, suv resurslari çeklangan şaroitda har bir kub metr suvning hisobi va nazoratini taʼminlaş zarurligini qayd etdi.
Taʼkidlanganidek, baliqçilik xöjaliklarida suv oliş va undan foydalaniş jarayonlarini tartibga soliş, suv ölçaş vositalarini örnatiş, «Suv hisobi» axborot tizimi orqali hisob yuritiş hamda suvdan foydalaniş böyiça şartnomaviy munosabatlarni qonunçilik talablari asosida rasmiylaştiriş lozim.
Viloyatdagi mavjud holat tahliliga köra, jami 430 ta baliqçilik xöjaligining 348 tasi yoki 81 foizi «Suv hisobi» axborot tizimiga kiritilgan. Ularning 308 tasi suvdan foydalaniş böyiça tegişli şartnomalarni rasmiylaştirgan. Qolgan xöjaliklarni ham axborot tizimiga kiritiş va şartnomaviy munosabatlarni töliq yölga qöyiş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, 2027-yil 1-yanvardan boşlab baliqçilik xöjaliklari taşkil etilgan yer maydonlarining suv kiriş va çiqiş qismlariga suvni ölçaş va hisoblaş vositalarini örnatiş majburiy bölişi tuşuntirildi. Uşbu talab bajarilmagan taqdirda suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi ikki baravar oşirilişi belgilangan.
Baliqçilikni rivojlantiriş markazi vakili Saʼdulla Rahmatillayev sohada zamonaviy akvakultura texnologiyalarini joriy etiş, sifatli baliq çavoqlari va ozuqa bazasini mustahkamlaş, xöjaliklarning işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalariga töxtaldi. Bunda ilmiy yondaşuv, zamonaviy uskunalar va malakali mutaxassislar iştirokining ahamiyati alohida qayd etildi.

Markazning viloyat bölimi boşliği Ğulom Sulaymanov hududda baliq yetiştiriş böyiça belgilangan maqsadli körsatkiçlar va ularga erişiş borasidagi vazifalar xususida maʼlumot berdi. Qayd etilişiça, Sirdaryo viloyatida 2026-yil yakuniga qadar 40 ming tonna baliq yetiştiriş rejalaştirilgan. Bu maqsadga erişiş uçun xöjaliklarda işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiriş, intensiv texnologiyalarni özlaştiriş va mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş talab etiladi.
Tadbir davomida viloyat hokimining ilmiy maslahatçisi Normat Durdiyev hamda Suv xöjaligi obʼektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasining viloyat rahbari Azamat Jörabayev ham sohada belgilangan vazifalar ijrosi, suv resurslaridan foydalaniş qonunçiligi talablari va nazorat masalalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Seminar davomida soha vakillari özlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oliş, mavjud muammolarni örtaga taşlaş va ularning yeçimi böyiça takliflar bildiriş imkoniga ega böldi.

Yakunda aeratorlar bilan taʼminlaş, suvdan foydalaniş şartnomalarini töliq rasmiylaştiriş, xöjaliklarni axborot tizimiga kiritiş va belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Eng muhimi, baliqçilikda yuqori natijalarga erişiş suv havzalari maydoni yoki baliq soni bilangina emas, balki mavjud resurslardan oqilona foydalaniş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va işlab çiqariş jarayonlarini samarali taşkil etiş bilan belgilanadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri