Ilmiy-ma’rifiy uchrashuv
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Loyiha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan strategik g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, hududlarda kelgusi taraqqiyotning ustuvor vazifalarini targ‘ib qilishga qaratilgan.
Seminar doirasida ishtirokchilar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etilib, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, milliy qadriyatlar hamda tarixiy merosimizni asrab-avaylash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda, ayniqsa, yosh avlod oldida turgan muhim vazifalar, ularning bilim va salohiyatini oshirish, mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
[gallery-31467]
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javob va tushuntirishlar oldi.
Bunday ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar jamiyatda ma’rifat, hamjihatlik va tarixiy xotira tuyg‘ularini mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarni Vatan taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA