Energetikada yaşirin xavflar: ular qanday aniqlanadi va bartaraf etiladi?
Elektr taʼminotidagi uzilişlar, gaz yöqotişlari, sifatsiz yonilği yoki energetika obʼektlaridagi texnik nosozliklar köpinça közga körinmaydigan kamçiliklardan boşlanadi. Ularni öz vaqtida aniqlaş esa yirik avariyalar, iqtisodiy zarar va inson hayotiga tahdid soluvçi holatlarning oldini olişda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda energetika sohasida nazoratning zamonaviy usullarini joriy etiş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, texnik xavfsizlik talablariga rioya etilişini taʼminlaş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xöş, energetika obʼektlaridagi yaşirin nosozliklar qanday aniqlanadi? Yonilği sifati va gaz yöqotişlari ustidan nazorat qay tartibda olib boriladi? Qoidalarga amal qilmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Şu kabi masalalar yuzasidan “Özenergoinspeksiya” boşqarma boşliği Botir Yoqubov bilan suhbatlaşdik.
– Energetika sohasida davlat nazoratining asosiy maqsadi elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanişda belgilangan talablarga rioya etilişini taʼminlaş, energetika obʼektlarining texnik xavfsizligini nazorat qiliş hamda energiya resurslari yöqotilişining oldini olişdan iborat, – deya söz boşladi u. – Bunda nazorat tadbirlari bilan bir qatorda, profilaktik işlarga ham katta ahamiyat beriladi. Yaʼni, muammo yuzaga kelganidan keyin uni bartaraf etiş emas, balki ehtimoliy xavflarni oldindan aniqlaşga intilamiz.
Şu maqsadda hududlarda elektr tarmoqlari, transformator punktlari va gaz taqsimlaş obʼektlarining texnik holati örganiladi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan masʼul taşkilotlarga tegişli körsatmalar beriladi. Asosiy vazifamiz - energetika tizimining işonçli işlaşini taʼminlaş va isteʼmolçilar manfaatlarini himoya qiliş.
– Elektr qurilmalaridagi ayrim nosozliklar taşqi tomondan sezilmasligi mumkin. Bunday yaşirin xavflarni aniqlaşda teplovizor texnologiyasi qanday ahamiyatga ega? Hududlardagi tekşiruvlar davomida qanday holatlar aniqlandi?
–Teplovizor qurilmalari elektr uskunalari va kontakt birikmalaridagi haroratni masofadan ölçaş, meʼyordan ortiq qiziş holatlarini aniqlaş imkonini beradi. Bu texnologiya orqali oddiy köz bilan seziş qiyin bölgan nosozliklarni ham öz vaqtida aniqlaş mumkin.
Masalan, Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi Oybek mahallasida joylaşgan 271-sonli transformator punkti tekşirilganda kontaktlardagi harorat 213 darajani taşkil etgani aniqlandi. Marğilon şahridagi 100-sonli transformator punktida esa bu körsatkiç 240 darajaga yetgan. Şuningdek, hududdagi yana 6 ta transformator punktida meʼyordan yuqori qiziş holatlari qayd etildi.
Bunday holatlar öz vaqtida bartaraf etilmasa, elektr qurilmalarining işdan çiqişi, yonğin va taʼminotda uzilişlarga sabab bölişi mumkin. Aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli elektr taʼminoti korxonalariga bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berilmoqda.
– Avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida neft mahsulotlari sifatini nazorat qiliş ham isteʼmolçilar uçun muhim masala. Maxsus qurilmalar yordamida yonilği sifatini joyida aniqlaş imkoniyati qanday yölga qöyilmoqda?
– Yonilği sifati transport vositalarining texnik holatiga bevosita taʼsir körsatadi. Şu bois uni nazorat qiliş va isteʼmolçilarga işonçli maʼlumot taqdim etiş muhim vazifalardan biridir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgaça möljallangan ustuvor yönalişlari doirasida islohotlarni izçil davom ettiriş va yangi bosqiçga olib çiqişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida neft mahsulotlari sifatini tezkor aniqlaş imkonini beruvçi maxsus qurilmalarni örnatişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Jizzax va Andijon viloyatlaridagi AYOQŞlarda mazkur qurilmalarning mavjudligi va ulardan foydalaniş imkoniyatlari örganilmoqda.
Uşbu qurilmalarning joriy etilişi isteʼmolçilarga xarid qilayotgan yonilği sifatini joyida aniqlaş imkonini beradi. Bu esa sifatsiz mahsulotlar savdosining oldini oliş, tadbirkorlik faoliyatida şaffoflikni taʼminlaş va isteʼmolçilar işonçini oşirişga xizmat qiladi.
–Energetika obʼektlarida işlaşda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş inson hayoti bilan boğliq. Bu borada qanday talablar mavjud va ular buzilgan taqdirda qanday çoralar köriladi?
– Energetika obʼektlarida taʼmirlaş, montaj va texnik xizmat körsatiş işlari belgilangan xavfsizlik talablari asosida taşkil etilişi şart. Xodimlar zarur himoya vositalari bilan taʼminlanişi, iş joyi xavfsizligi tekşirilişi va tegişli ruxsat tartiblariga amal qilinişi lozim.
Afsuski, ayrim hollarda uşbu talablarga yetarliça eʼtibor berilmayotgani kuzatiladi. Masalan, Xorazm viloyatining Boğot tumanidagi 1396-sonli transformator punktida taʼmirlaş işlarini olib borayotgan brigada tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgani aniqlandi. Natijada brigada iş joyidan çetlaştirildi.
Bu kabi çoralar, eng avvalo, baxtsiz hodisalarning oldini oliş va inson hayotini muhofaza qilişga qaratilgan. Çunki energetika sohasida xavfsizlik talablariga beparvo qaraş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.
–Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş davlat va isteʼmolçilar manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday holatlarni aniqlaş mexanizmi qanday işlaydi va qoidabuzarlarga nisbatan qanday javobgarlik belgilangan?
–Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanişda belgilangan tartiblarga rioya etiş har bir isteʼmolçining majburiyati hisoblanadi. Tarmoqlarga ruxsatsiz ulaniş, hisoblagiçlar yoki ularning plombalariga şikast yetkaziş, körsatkiçlarni özgartiriş energiya resurslarini talon-toroj qiliş sifatida baholanadi.
Masalan, Termiz şahrida “Özenergoinspeksiya”, Surxondaryo viloyati prokuraturasi va “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali hamkorligida ötkazilgan nazorat tadbirida 168 ta xonadondan iborat köp qavatli uyning tegişli ruxsatnomasiz gaz tarmoğiga ulangani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, gaz taʼminoti korxonasiga yetkazilgan zarar 1,3 milliard sömni taşkil etgan.
Bundan taşqari, Sirdaryo viloyatidagi gaz taʼminoti obʼektlarida ham tabiiy gaz sarfi, uskunalarning texnik holati va resurslardan foydalaniş samaradorligi örganilmoqda. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, yöqotişlarni kamaytiriş va tizimning barqaror işlaşini taʼminlaş böyiça nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Qonunçilik talablariga muvofiq, energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan şaxslar maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi. Zero, energetika xavfsizligini taʼminlaş nafaqat nazorat organlari, balki masʼul taşkilotlar, tadbirkorlar va har bir isteʼmolçining ham masʼuliyatidir. Buning uçun qonun talablariga qatʼiy rioya qiliş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va ularni asrab-avaylaş muhim ahamiyatga ega.
ÖzA muxbiri
Nasiba Ziyodullayeva
suhbatlaşdi.