Is gazi xavfi ortmoqda va mutaxassis xonadonlarni isitişdagi muhim qoidalarni eslatdi
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli ortişi bilan birga, xonadonlarda gaz jihozlaridan foydalaniş bilan boğliq xavf-xatarlar ham kuçayadi.
Mamlakatimizda is gazidan zaharlaniş oqibatida yuz berayotgan fojiali holatlar gaz jihozlarining texnik holatiga eʼtibor qaratiş va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qiliş zarurligini yana bir bor körsatmoqda.
Şu munosabat bilan ayni kunlarda Toşkent şahri va respublikamizning barça hududlarida aholi xonadonlarida gazdan xavfsiz foydalaniş böyiça profilaktik va tuşuntiriş tadbirlari olib borilmoqda. Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, gaz xavfsizligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda fuqarolar eʼtibor qaratişi lozim bölgan muhim jihatlar yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ Mehnatni muhofaza qiliş, ekologik va sanoat xavfsizligi boşqarmasi boşliği Abdusattor Qayumov bilan suhbatlaşdik.
– Sovuq kunlar boşlanişi bilan is gazidan zaharlaniş holatlari köpayişi gaz xavfsizligini taʼminlaş masalasi qançalik dolzarbligini körsatmoqda. Bunday holatlarning oldini oliş, texnik talablarga javob bermaydigan gaz uskunalarini aniqlaş va ulardan foydalanişga yöl qöymaslik böyiça qanday işlar amalga oşirilmoqda?
– Darhaqiqat, is gazidan zaharlaniş bilan boğliq fojiali holatlar ham qayd etilayotgani ayançli. Bunday hodisalarda texnik talablarga javob bermaydigan, özboşimçalik bilan qayta jihozlangan isitiş qozonlaridan foydalanilgani asosiy xavf omillaridan biri bölmoqda. Jumladan, ayrim uskunalarning tutun çiqariş tizimida yuqori haroratga çidamli bölmagan polietilen quvurlar örnatilgani aniqlangan.
Bunday holatlar yuzasidan hududlarda profilaktik tadbirlar kuçaytirildi. Mutaxassislarimiz aholi xonadonlaridagi gaz jihozlarining texnik holati, möri va şamollatiş tizimlarining sozligini örganmoqda. Fuqarolarga gaz uskunalarini xarid qilişda ularning sertifikati va texnik talablarga muvofiqligini tekşiriş, örnatiş va taʼmirlaş işlarini faqat malakali mutaxassislarga topşiriş zarurligi tuşuntirilmoqda.

– Hududlarda aholi bilan ötkazilayotgan uçraşuvlar va tuşuntiriş işlarida fuqarolarga asosan qanday tavsiyalar berilyapti?
– Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublikamizning barça hududlarida profilaktik tadbirlar taşkil etilmoqda. Mutaxassislar aholi xonadonlariga borib, fuqarolar bilan bevosita muloqot ötkazmoqda, gazdan xavfsiz foydalaniş böyiça yöriqnomalar tarqatmoqda.
Tuşuntiriş işlarida, avvalo, gaz plitasi, isitiş qozoni va gaz kolonkalaridan töğri foydalaniş, möri hamda şamollatiş kanallarining sozligini taʼminlaş, gaz sizib çiqişi va is gazidan zaharlanişning oldini oliş masalalariga eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, gaz jihozlarini özboşimçalik bilan taʼmirlamaslik, ularning konstruksiyasiga özgartiriş kiritmaslik va nosoz uskunalardan foydalanmaslik zarurligi uqdirilmoqda. Asosiy maqsadimiz har bir xonadonda gaz xavfsizligi madaniyatini şakllantiriş va fuqarolarning bu boradagi masʼuliyatini oşirişdir.
– Is gazi qanday şaroitlarda hosil böladi va uning inson salomatligi uçun xavfi nimada? Xonadonlarda bunday xavfning oldini oliş uçun nimalarga eʼtibor qaratiş lozim?
– Is gazi tabiiy gaz, kömir, ötin va boşqa yoqilğilarning töliq yonmasligi natijasida hosil böladi. U rangsiz, hidsiz va taʼmsiz bölgani sababli inson uni sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi.
Bunday holat, asosan, yoniş jarayoni uçun havo yetişmaganda, mörining tortişi yomonlaşganda yoki ventilyatsiya kanallari berkitib qöyilganda yuzaga keladi. Is gazi nafas yöllari orqali organizmga kirib, qonda kislorod taşilişini buzadi. Natijada boş oğriği, boş aylanişi, holsizlik, köngil aynişi va nafas qisişi kabi alomatlar paydo böladi. Oğir zaharlaniş esa huşni yöqotiş va ölimga olib kelişi mumkin.
Şu bois xonadonlarda möri va şamollatiş kanallarini doimo soz holatda saqlaş, ularni tösib qöymaslik, gaz jihozlarini muntazam texnik körikdan ötkaziş muhim. Ayniqsa, isitiş mavsumi boşlanişidan oldin möri va ventilyatsiya tizimlarini mutaxassislarga tekşirtiriş zarur. Şuningdek, xonadonlarga is gazini aniqlovçi maxsus signalizatorlar örnatişni tavsiya etamiz.
– Ayrim isteʼmolçilar gaz plitalaridan xonani isitiş maqsadida foydalanadi yoki gaz uskunalarini özboşimçalik bilan taʼmirlaydi. Bu qanday oqibatlarga olib kelişi mumkin? Gaz jihozlariga texnik xizmat körsatiş tartibi qanday?
– Gaz plitasi faqat ovqat tayyorlaş uçun möljallangan bölib, undan xonani isitiş maqsadida foydalaniş mumkin emas. Çunki bunday holatda yoniş jarayoni uçun zarur kislorod miqdori kamayişi va is gazi hosil bölişi mumkin.
Gaz quvurlarini özboşimçalik bilan uzaytiriş, jihozlarni boşqa joyga köçiriş, ularning içki tuzilişiga aralaşiş yoki xavfsizlik avtomatikasini öçirib qöyiş ham jiddiy xavf tuğdiradi. Bu gaz sizib çiqişi, yonğin, portlaş va zaharlanişga sabab böladi.
Amaldagi qonunçilikda ham uşbu masalaga alohida eʼtibor qaratilgan. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalaniş qoidalariga muvofiq, köp kvartirali va turar joy binolaridagi gaz plitalari ikki yilda bir marta, boşqa gazdan foydalaniş uskunalari esa isteʼmolçi buyurtmasi asosida yiliga bir marta texnik körikdan ötkazilişi lozim. Bu işlar tegişli ruxsatnomaga ega taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi. Şu bois fuqarolarimizdan gaz jihozlarini faqat malakali mutaxassislarga örnatiş va taʼmirlatişni, ularning texnik holatiga befarq bölmaslikni söraymiz.
– Gaz hidi sezilganda yoki is gazidan zaharlaniş alomatlari kuzatilganda fuqarolar birinçi navbatda qanday harakat qilişi kerak?
– Agar xonadonda gaz hidi sezilsa, eng avvalo, oçiq olovdan foydalanmaslik, çiroq va boşqa elektr jihozlarini yoqmaslik yoki öçirmaslik kerak. Agar xavfsiz bölsa, gaz kranini yopiş, eşik va derazalarni oçib xonani şamollatiş, barça odamlarni binodan olib çiqiş lozim. Xavfsiz hududga çiqqandan keyin 104 raqami orqali gaz avariya-dispetçerlik xizmatiga xabar beriş zarur.
Agar is gazidan zaharlaniş alomatlari sezilsa, jabrlanganlarni zudlik bilan toza havoga olib çiqiş va 103 yoki 112 raqami orqali tibbiy yordam çaqiriş kerak. Bunday vaziyatda vaqtni boy bermaslik juda muhim.
Fuqarolarimizga yana bir bor eslatmoqçimanki, gaz jihozlarini işlayotgan vaqtda nazoratsiz qoldirmang. Ulardan foydalanib bölgaç gaz kranini yopiş, xonada havo almaşinuvini taʼminlaş, möri va ventilyatsiya kanallarini berkitmaslik, gaz plitasidan xonani isitiş uçun foydalanmaslik, isitiş uskunalarini özboşimçalik bilan örnatmaslik va taʼmirlamaslik hayotiy muhim qoidadir. Eng asosiysi, gaz xavfsizligi faqat masʼul taşkilotlarning emas, balki har bir fuqaroning şaxsiy masʼuliyati hamdir. Bir lahzalik eʼtiborsizlik inson hayotiga zomin bölişi mumkin.
ÖzA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva
suhbatlaşdi.