Ikki biatlonchimiz Italiyada o‘z mahoratini oshirmoqda
Xitoyda 7-14 fevral kunlari “Harbin-2025” IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Dilmurod Abdurahmonov va Rolan Raimqulov biatlon bahslarida ishtirok etishi kutilmoqda.
Biatlon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bo‘lgan Dilmurod Abdurahmonov va Rolan Raimqulov ayni damda joriy yilgi mavsum va “Harbin-2025” musobaqasida munosib ishtirok etish uchun Italiyada tayyorlanmoqda.
Sportchilarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Martello shahrida tashkil etilayotgan Xalqaro biatlon ittifoqi kubogida qatnashadi. Ular mazkur musobaqadagi ishtirokini sprint poygasidan boshlaydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA