III MDH o‘yinlarida dastlabki medallar qo‘lga kiritildi
Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, o‘yinlarning bugungi dasturida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga dastlabki medallar qo‘shildi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, suzish bo‘yicha brass usulida 50 metr masofaga o‘tgan bahslarda Muhammadismoil Rahmonov 29,92 soniya natija ko‘rsatib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Javlon G‘aniyev 200 metr batterflyay yo‘nalishida 2:13.63 natija qayd yetib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun III MDH o‘yinlarida sportchilarimiz stol tennisi, futbol, suzish, sambo, taekvondo WT va boks bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA