Hurmuzdagi vaziyat tufayli don narxi 80 foiz oshishi mumkin
Xalqaro savdo palatasi (XSP) agar Hurmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish cheklovi saqlanib qolsa, ba’zi mintaqalarda don narxi 80 foizgacha ko‘tarilishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda XSP bosh kotibi Jon Denton ma’lum qildi.
Asosiy muammo an’anaviy o‘g‘it ta’minoti zanjiri uzilishi bilan bog‘liq. Hurmuzdagi vaziyat jahon o‘g‘it savdosining qariyb 40 foiziga ta’sir ko‘rsatdi. Bozor esa tashuv yo‘nalishi o‘zgarishidan kelib chiqqan noqulaylik tufayli taxminan 2,7 million tonna йўқотди.
Dentonning fikricha, o‘g‘it ehtiyojining 90 foizini import hisobidan qoplaydigan Filippin kabi davlatlar ayni vaziyatda eng zaif hisoblanadi.
– Odamlar Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyatga asosan AQSH va Eron o‘rtasidagi harbiy harakat nuqtai nazaridan qaraydi, deya ta’kidlagan mulozim. Aslida bu taxmin biroz oshirib yuborilgan. Ya’ni, asosiy muammo o‘g‘it yetishmovchiligida.
S.Rahimov, O‘zA