Humoyun Sultonov chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov “ATP-100” tasnifidagi xalqaro turnirning yakkalik bahslarida chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Hindistonning Puna shahrida o‘tkazilayotgan ushbu "Chellenjer" musobaqasining 1/8 final bosqichida Humoyun Sultonov avstraliyalik Bernard Tomichni uch setda 4:6, 6:3, 6:3 hisobida yengdi.
Endi tennischimiz turnirning 1/4 final bosqichida fransiyalik Yugo Blanshe bilan raqobatlashadi. O‘yin ertaga, 21 fevral kuni o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA