Hidsiz va rangsiz is gazi farovon hayot kuşandasi
Toğlarga qişli-qirovli kunlarning ilk qori tuşib, sovuq kunlar yaqinlaşayotganidan darak bermoqda. Etni junjittirayotgan kuz-qiş faslida aholining ham yoqilği-energetika resurslariga ehtiyoji ortmoqda. Ulardan xavfsizlik qoidalariga amal qilib, oqilona foydalaniş xotirjamlikni taʼminlaydi. Izğirinli faslni betalafot ötkazişga xizmat qiladi.
Ayni kunlarda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali xodimlari viloyat mahallalarida bölib, isteʼmolçilarning gazdan töğri foydalaniş holatini örganmoqda. Köp qavatli uylar va yakka tartibdagi turar joylarda gaz jihozlarining holati közdan keçirilib, texnik körik ötkazilayotir.
Gazçilarning “Energo Digit” masʼuliyati çeklangan jamiyati mutaxassislari Termiz şahrining “Boğişamol” mahallasidagi köp qavatli uylar va yakka tartibdagi turar joylarda bölib, gaz jihozlarining texnik holatini örgandi.

– Sovuq kunlar oldidan amalga oşirilayotgan bu işlar şunçaki tadbir emas, – deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali axborot xizmati rahbari Abror Mamarahimov. – Qiş faslini betalafot ötkaziş uçun körilayotgan hozirlik işlari davomi bölib, isteʼmolçilar xavfsizligini taʼminlaşga, tabiiy va suyultirilgan gazni tejab işlatişga qaratilgan.
Texnik körik çoğida xonadonlardagi gaz jihozlari, quvurlar, ulaniş nuqtalari va uskunalarning texnik holati közdan keçirilib, gaz sizib çiqiş ehtimoli, xavfsizlik talablariga rioya etilişi va jihozlardan foydalaniş qoidalari örganilmoqda.

Aholi bilan suhbat ötkazilib, tabiiy gazdan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qiliş, gaz jihozlarini özboşimçalik bilan taʼmirlamaslik, nosoz uskunalardan foydalanmaslik, xonalarni muntazam şamollatiş, möri va ventilyatsiya kanallarining soz holatda bölişini taʼminlaş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Termiz şahrida 45 ming 955 ta tabiiy, 186 ta suyultirilgan gaz isteʼmolçisi bor. Bu yil gazçilar yoqilği nisbatan kam yetib boradigan hududlardagi quvurlarni almaştirib, izğirinli kunlarda köngildagidek ötkazişga alohida eʼtibor qaratdi. Yuqori bosimli gaz quvurlari taʼmirlandi.

Mahallalarda olib borilayotgan texnik körik va isteʼmolçilar bilan suhbatlar aholi xonadonlarida gazdan foydalaniş xavfsizligini taʼminlab, ehtimoliy nosozliklar va baxtsiz hodisalarning oldini oliş, kuz-qiş mavsumida barqaror gaz bilan taʼminlaşga qaratilgani ahamiyatli bölmoqda.
Maʼlumotlarga köra, viloyatda 609 ming 435 gaz abonenti bor. Ularning 150 ming 389 tasi tabiiy, 459 ming 46 tasi suyultirilgan gazdan foydalanadi. Angor tumanida 31 ming 225 ta xonadon suyultirilgan gaz işlatadi. Qariyb tört ming xonadon tabiiy gazga ulangan.

Tumanda olib borilayotgan profilaktik tarğibot tadbirlari doirasida gazçilar Yangi hayot mahallasida ham bölib, uylarning gazdan foydalaniş holatini örgandi. Xonadonlardagi gaz uskunalari, isitiş moslamalari va gaz tarmoqlarining holati bilan tanişdi. Isteʼmolçilarga tabiiy gazdan foydalanişda ehtiyotkor böliş, gaz jihozlarini muntazam nazorat qilib, nosozlik aniqlanganda mutaxassislarga murojaat etiş, gaz sizib çiqişi bilan boğliq xavfli vaziyatlarning oldini oliş va duç kelingan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etiş yuzasidan zarur tavsiyalarini berdi.
Gaz yoqilğisidan tejab, töğri foydalaniş nafaqat aholi farovonligi, balki hayot xavfsizligini taʼminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir isteʼmolçi xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilsa, sovuq kunlarda yuz berişi mumkin bölgan köngilsiz hodisalarning oldi olinadi. Viloyatda şu maqsadda körilayotgan tegişli çora-tadbirlar davom etmoqda.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri