Çorvaçilikni rivojlantiriş imkoniyatlari örganildi
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida çorvaçilik tarmoğini rivojlantiriş, mahsulot işlab çiqariş hajmini oşiriş va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar örganildi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği Jahongir Hotamov tumanga taşrifi davomida «Ahmadiy» çorvaçilik xöjaligi hamda «Ohunjon Maʼmurov» çorvaçilik komplekslari faoliyati bilan tanişdi.

Mazkur obʼektlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida bajarilayotgan işlar, çorvaçilikni rivojlantiriş imkoniyatlari va istiqboldagi vazifalar közdan keçirildi.

Taşrif davomida çorva mollarini parvarişlaş, ularning mahsuldorligini oşiriş, işlab çiqariş jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, göşt va sut mahsulotlari yetiştiriş hajmini köpaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Zero, çorvaçilik komplekslari faoliyati samaradorligini oşiriş içki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari taklifini köpaytiriş va aholining uşbu mahsulotlarga bölgan ehtiyojini barqaror taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Şuningdek, komplekslarning işlab çiqariş quvvatlari, mavjud resurslardan foydalaniş holati va kelgusi rejalari yuzasidan masʼullar bilan fikr almaşildi. Sohadagi imkoniyatlardan töliq foydalaniş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş hamda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Taşrif davomida çorvaçilik subʼektlari faoliyatini rivojlantiriş va tarmoq salohiyatidan samarali foydalaniş orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri