Afğoniston qişloq xöjaligi masʼullari Samarqandda
Yurtimizda mehmon bölib turgan Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Sadr Azam Usmoniy boşçiligidagi delegatsiya Samarqandga taşrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab viloyat hokimi Adiz Boboyev bilan uçraşib, agrar sohadagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
A.Boboyev Samarqand viloyatining qişloq xöjalik salohiyati, mavjud imkoniyatlar va amalga oşirilişi rejalaştirilgan yirik loyihalar haqida maʼlumot berib, Afğoniston hukumati bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.
– Joriy yilning ön oyida Samarqand viloyatidan Afğonistonga mahsulot eksporti hajmi 92 million AQŞ dollarini taşkil qilmoqda, – dedi viloyat hokimi. – Bunda asosan quriliş materiallarining salmoği yuqori, lekin bugungi taşrifingiz tufayli qişloq xöjaligi mahsulotlari, ularni qayta işlaş sohasida istiqbolli loyihalar böyiça kelişuvlar amalga oşirilsa, bu raqamlar yanada yiriklaşadi. Biz Afğonistonga taşrif borasida amaliy işlarni olib bormoqdamiz. Şuning uçun u yerdagi talab yuqori sohalarni örganyapmiz. Jumladan, parrandaçilik yönalişida biz öz mahsulotlarimiz va qöşma loyihalarni taklif qilmoqçimiz.
Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Sadr Azam Usmoniy Samarqand viloyati hokimining takliflarini qöllab-quvvatlaşini bildirib, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş ikki tomon uçun ham manfaatli bölişini taʼkidladi.
– Samarqand tarixiyligi bilan birga, iqtisodiy salohiyati orqali ham dunyo eʼtiboridagi hududlardan biri hisoblanadi, – dedi Sadr Azam Usmoniy. – Şu bois, biz ham bu muqaddas zamin bilan hamkorlikni rivojlantirişni istaymiz. Biz yurtimizda barça sohalarda xorijlik hamkorlar bilan mustahkam aloqa örnatişga harakat qilmoqdamiz. Bu jarayonda yaqin qöşni davlatlar alohida eʼtiborga olingan. Şuning uçun taşrifimiz davomida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaş, çorvaçilikni rivojlantiriş, sanoat sohasidagi istiqbolli kelişuvlarni amalga oşirişni maqsad qilganmiz. Şu bois, bizga qişloq xöjaligidagi innovatsion loyihalar, sutni qayta işlaş, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişiş muhim. Şu asosda kelgusi hamkorlik yönalişlarini belgilab olamiz. Va, albatta, siz va hududdagi tadbirkorlarni Afğonistonga taklif qilaman.
Uçraşuv davomida tomonlar özlarini qiziqtirgan yönalişlar böyiça hamkorlik istiqbollari haqida batafsil fikr almaşdilar.
Delegatsiya aʼzolari islom olamida alohida örin tutuvçi Imom Buxoriy majmuasi hamda Mahdumi Aʼzam ziyoratgohlarida bölib, uşbu maskanlar tarixi,bunyodkorlik işlari bilan yaqindan tanişdi.
[gallery-32465]
– Samarqandga birinçi bor kelişim, – deydi çorvaçilik va hayvonlar salomatligi boşqarmasi boş direktori Zakirulloh Zakir. – Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qiliş nasib etganidan xursandman. Bebaho islomiy va tarixiy meros bölgan bu uluğ maskan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan juda gözal va obod joyga aylantirilibdi. Turli mamlakatlardan odamlar bu yerga kelib, ziyorat qilişayotganiga guvoh böldik. Bu Imom Buxoriyning butun dunyoga maşhur diniy ulamo ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Buyuk muhaddisning kitoblari dunyo böylab madrasalarda, universitetlarda öqitiladi, biz ham öqiganmiz. Taşrifimiz uluğ maskanlar ziyoratidan boşlandi. Bu kelgusidagi hamkorlik aloqalarimizning rivojlanişiga, döstligimiz mustahkamlanişiga xizmat qiladi.
Taşrif davomida mehmonlar Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida bölib, kartoşkaçilik yönalişidagi innovatsion loyihalar, xurmo mevasini qayta işlaş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi.

Afğoniston delegatsiyasi ertaga Samarqanddagi qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş korxonalari, fermer xöjaliklari faoliyati bilan tanişişi rejalaştirilgan.
Ğolib Hasanov, Alişer Isroilov (surat),
ÖzA muxbirlari