Töraqörğonda tun-u kun xizmat körsatiş köçasi barpo etilmoqda
Namangan viloyati Töraqörğon tumanida aholiga qulay şaroit yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va xizmat körsatiş sohasini kengaytirişga qaratilgan loyihalar amalga oşirilmoqda. Xususan, Şovon mahallasi hududida 24 soat faoliyat yuritadigan zamonaviy xizmat körsatiş köçasi taşkil etilmoqda.
Loyiha doirasida Namangan va Töraqörğon tumanlarini boğlovçi avtomobil yölining Şovon mahallasidan Gulqişloq mahallasigaça bölgan qismi bosqiçma-bosqiç obodonlaştirilmoqda.
Bu yerda avtomobil yöliga asfalt qoplamasi yotqiziş, piyodalar yölaklarini barpo etiş va zamonaviy tungi yoritiş tizimini örnatiş közda tutilgan. Şuningdek, yöl böyida savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari taşkil etilib, tadbirkorlik faoliyati uçun yangi imkoniyatlar yaratiladi.
Loyiha uçun jami 13 milliard 600 million söm mablağ ajratilgan. Hozirga qadar yölning ikki tomonida umumiy uzunligi 6 kilometr bölgan lotok ariqlar qurib bitkazildi. Navbatdagi bosqiçda piyodalar yölaklarini barpo etiş va tungi yoritiş çiroqlarini örnatiş rejalaştirilgan.
Hududdagi obodonlaştiriş işlarida aholi ham faol iştirok etmoqda. Xususan, xonadonlar fasadini tartibga keltiriş, yöl böyidagi eski devorlarni yangilaş işlari olib borilmoqda.
[gallery-32429]
Mazkur loyihaning amalga oşirilişi hudud qiyofasini yaxşilaş, aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş, xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş hamda yangi iş örinlarini taşkil etişga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA