Gvardiola Italiya terma jamoasini boshqarishga nomzodlar ro'yxatiga kiritildi
Italiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin.
Jahon chempionatiga saralash pley-off finalida "Skuadra Adzurra" Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy bergach (1:1, penaltilarda - 1:4), Jennaro Gattuzo katta ehtimol bilan o'z lavozimini tark etadi.
Gazzetta dello Sport nashrining taxminiga ko‘ra, jamoa boshqaruviga nomzodlar orasida joriy mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etishi kutilayotgan Xosep Gvardiola bo‘lishi mumkin.
Avvalroq taniqli ispan mutaxassisi "shaharliklar" bilan xayrlashganidan so‘ng klublarda ishlashni rejalashtirmayotganiga shama qilgan edi. Bundan tashqari, u futbolchilik davrida "Roma" va "Breshiya" safida to‘p tepgan — u italyan tilini biladi va mahalliy madaniyat bilan yaxshi tanish.
Italiya terma jamoasi boshqaruviga asosiy nomzodlar sifatida Antonio Konte, Roberto Manchini va Massimiliano Allegri ko‘rilmoqda.