Gulnora Usmonova: O‘qituvchilik - ilohiy va muqaddas yo‘l (+video)
Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi deya ta’rif etilgan insonlar jamiyatning kelajagi va ishonchi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalaydi. O‘qituvchilar nafaqat fan o‘rgatuvchi, balki ko‘nikma va kasbiy bilimlar olamiga yo‘l boshlovchi insonlardir.
Har qanday odam o‘qituvchi bo‘la olmasligini hayot tajribasi ko‘rsatmoqda. Bu kasbni egallash uchun kishida qobiliyat, muayyan ijtimoiy-psixologik malaka va ma’lum tayyorgarlik bo‘lishi lozim. Aslida, o‘qituvchilik kasbiga havas bolaning yoshlik davridan uyg‘onadi. Yillar davomida ushbu kasbning talablari, murakkab tomonlari, mashaqqatlari uqtirib boriladi.
Bugungi lavhamiz qahramoni umrining 35 yilini shu sohaga bag‘ishlagan haqiqiy o‘z kasbining fidoyilaridan biridir.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/veiQw9XGvq8" title="Gulnora Usmonova: O`qituvchilik - ilohiy va muqaddas yo`l" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA