Ğolibalar tanlovning viloyat bosqiçiga yöllanma oldi
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar, ularning faoliyatini qöllab-quvvatlaş, muammolarini hal etiş, imkoniyatlarini tölaqonli yuzaga çiqarişlariga kömaklaşiş borasida keng kölamli işlar olib borilmoqda. Jumladan, “Yil ayoli” milliy tanlovi ana şu yönalişdagi işlar samaradorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda. Andijon şahrida "Yil ayoli" milliy tanlovining Andijon şahar bosqiçi bölib ötdi.
– Yurtimiz rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada, farzand tarbiyasida, jamoat işlarida namuna bölib kelayotgan, şuningdek, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan opa-singillarni qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş hamda mazkur yönalişdagi ilğor tajribalarni ommalaştiriş maqsadida ötkazilgan tanlovda köplab ayollar iştirok etib, öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazdi, – deydi Andijon şahar hokimining örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Nargizaxon Isroilova. – Iştirokçilar belgilangan şartlar asosida özlarining huquqiy, maʼnaviy bilimlari, hayotiy tajribasi hamda ijodkorlik, yetakçilik qobiliyatlarini namoyiş etdi.


Qatnaşçilarning çiqişlari hakamlar hayʼati tomonidan körib çiqildi. Yakuniy natijalarga köra, nominatsiyalar böyiça eng yuqori natija körsatgan 10 nafar ayol ğolib deb topilib, tanlovning viloyat bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi.
– Maʼlumki, bugungi kunda IT sohasi jadal rivojlanib bormoqda, – deydi tanlovning “Yilning eng yaxşi IT dasturçi ayoli” nominatsiyasi ğolibi Nilufar Yuldaşeva. – Bu borada, ayniqsa, dasturlaş yönalişida xotin-qizlar ham samarali iş olib borayotganligi ularning yuksak salohiyatini körsatadi. Işonamanki, opa-sinillarimiz bu borada ham köplab yutuqlarni qölga kiritadi. Men ham tanlov ğoliblari qatorida ekanligimdan behad xursandman. Uşbu yutuq menga şijoat beradi, şu bilan birga, zimmamga masʼuliyat ham yuklaydi. Nasib etsa, tanlovning viloyat bosqiçida ham munosib iştirok etişga harakat qilaman.


Tanlov ğoliblari taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlov xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini yanada mustahkamlaş, ularning salohiyat va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, ibratli hayot yöliga ega ayollar faoliyatini tarğib etişga xizmat qildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri