Yangi majmua qurilmoqda
Yangi Toşkent şahrida Jizzax viloyatining salohiyatini aks ettiruvçi 100 gektarlik majmua qurilişi boşlandi. Hududda zamonaviy turar joylar, savdo va xizmat körsatiş obʼektlari barpo etiladi. Loyiha doirasida viloyatning milliy taomlari va hunarmandçilik mahsulotlari körgazmasi taşkil etiladi.
Yangi Toşkent şahrida Jizzax viloyatining madaniy va iqtisodiy salohiyatini aks ettiruvçi 100 gektarlik maxsus majmua qurilişi boşlandi. Uşbu hududlarda viloyatlarning tarixi, madaniyati va anʼanalarini aks ettiruvçi majmualar barpo etilişi belgilangan.


Endi ajratilgan maydonda Jizzaxning öziga xos qiyofasini şakllantiriş işlari boşlandi. Bu yerda zamonaviy turar joylar, savdo va xizmat körsatiş obʼektlari taşkil etiladi. Şuningdek, milliy muhitni aks ettiruvçi maskanlar ham barpo qilinadi.


Loyiha doirasida viloyatning milliy taomlari, hunarmandçilik anʼanalari va mahalliy mahsulotlari körgazmasi taşkil etiladi. Jizzaxning maşhur somsasi ham poytaxt ahliga taqdim etiladi.
Jizzax viloyati hokimi, tadbirkorlar va soha mutaxassislari majmua qurilişiga tamal toşini qöydi.


Endilikda asosiy vazifa uşbu imkoniyatdan samarali foydalanişdir. Barpo etiladigan maskan Jizzaxning iqtisodiy salohiyati, madaniy merosi va tadbirkorlik imkoniyatlarini namoyon etişi lozim. U poytaxt aholisi va mehmonlari uçun ham öziga xos manzilga aylanişi kutilmoqda.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri