Gimnastikachilarimizning oltita medali
Turkiyaning Izmir shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari oltita medalni qo‘lga kiritdi.
Turkiyaning Izmir shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari oltita medalni qo‘lga kiritdi.Sportchilarimizdan Yelizaveta Nazarenkova bulavada mashq bajarish bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uning tasmada bajargan mashqlari kumush medalga loyiq ko‘rilib, xalqada mashq bajarish va ko‘pkurash bahslarida ikkita bronza medal bilan taqdirlandi.
Yana bir gimnastikachimiz Anastasiya Serdyukova to‘p va tasmada mashq bajarish bo‘yicha shohsupaning uchinchi pog‘onasini egalladi.