Gimnastikachi yoshlar taqdirlandi
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahalla yoshlari o‘rtasida gimnastrada bo‘yicha sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilgan musobaqada barcha viloyatlar, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan 150 nafardan ortiq qizlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashdi.

Taqdirlash marosimida sport vaziri Adham Ikromov, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayev, Gimnastika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Go‘zal Mo‘minova ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin Toshkent shahri jamoasiga, 2-o‘rin Samarqand viloyati jamoasiga va 3-o‘rin Buxoro viloyati jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G.Boboyeva, O‘zA