Ğijduvon turizm salohiyatiga yuqori baho berildi
Mahalliy aholining taşabbuskorligi, milliy hunarmandçilik anʼanalari va sayyohlik infratuzilmasining rivojlanayotgani xalqaro hamkorlar eʼtiborini tortmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda turizmni iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylantiriş, hududlarning öziga xos salohiyatidan samarali foydalaniş va aholi uçun yangi daromad manbalarini yaratiş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Prezidentimiz taşabbusi bilan sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar esa tarixiy-madaniy merosni asraş bilan birga, uni zamonaviy turizm imkoniyatlariga aylantirişga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda Buxoro viloyatining qadimiy hunarmandçilik maktablari, ziyoratgohlari va boy tarixiy merosi bilan maşhur Ğijduvon tumani alohida örin tutadi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillarining tumanga taşrifi ham Ğijduvonning sayyohlik imkoniyatlariga bölgan xalqaro qiziqiş tobora ortib borayotganining ifodasi böldi.


Taşrif davomida xorijlik mehmonlarga hududning turistik salohiyati, sayyohlar uçun yaratilgan şaroitlar, mehmonxona va mehmon uylari faoliyati, şuningdek, asrlar davomida avloddan-avlodga ötib kelayotgan milliy hunarmandçilik anʼanalari haqida atrofliça maʼlumot berildi.
JICA vakillari Abdulla Narzullayev nomidagi kulolçilik maktabi faoliyati bilan tanişar ekan, Ğijduvon kulolçiligining öziga xos uslubi, naqşlari va badiiy qiymatiga eʼtibor qaratdilar. Şuningdek, mehmon uylari, Xöja Abduxoliq Ğijduvoniy meʼmoriy majmuasi tarkibidagi Uluğbek madrasasi, Qörğon turizm mahallasida joylaşgan Hunarmandlar markazi hamda XIV asrga oid Toş hammomi ham taşrif dasturidan örin oldi.
Uşbu maskanlar bilan tanişuv jarayonida bir jihat yaqqol namoyon böldi: Ğijduvonda turizm faqat tarixiy obidalarni namoyiş etiş bilan çeklanmayapti. Bu yerda milliy hunarmandçilik, ziyorat turizmi, mahalliy urf-odatlar va oilaviy tadbirkorlik özaro uyğunlaşib, sayyohlar uçun yaxlit turistik muhit şakllanmoqda.
Ayniqsa, mahalliy aholining öz mablaği va taşabbusi bilan turizm sohasiga kirib kelayotgani, xonadonlarini mehmon uylariga aylantirib, xorijlik va mahalliy sayyohlarga xizmat körsatayotgani eʼtiborga molik. Bu nafaqat yangi iş örinlari va qöşimça daromad manbalarini yaratmoqda, balki hududning milliy qadriyatlari, mehmondöstlik anʼanalari va madaniy öziga xosligini ham keng tarğib qilmoqda.
Yaponiyalik mutaxassislar ham taşrif yakunida Gijduvonda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berib, aholining bu jarayondagi faol iştiroki, xususan, oilaviy mehmon uylari taşkil etilayotganini alohida eʼtirof etdilar.


Darhaqiqat, bugun turizmning barqaror rivojlanişi faqat yirik investitsiya loyihalari yoki zamonaviy mehmonxonalar bilan belgilanmaydi. Eng muhimi, mahalliy aholi bu jarayonning faol iştirokçisiga aylanişi, öz tarixiy merosi va anʼanalarini iqtisodiy imkoniyatga aylantira olişidir.
Ğijduvon tajribasi ham şu jihati bilan ahamiyatli. Zero, sayyoh bu yerga nafaqat tarixiy obidalarni köriş, balki kulol ustaxonasida hunar sirlarini anglaş, milliy taomlardan tatib köriş, mahalliy xonadon mehmondöstligini his etiş uçun ham keladi.
JICA vakillarining taşrifi esa Ğijduvonning ana şu imkoniyatlarini xalqaro miqyosda yanada kengroq namoyon etiş, kelgusida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş uçun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qilişi mumkin.
Zero, tarixiy merosni asrab-avaylaş, uni zamonaviy imkoniyatlar bilan uyğunlaştiriş va bu jarayondan xalq farovonligi yölida samarali foydalaniş — bugungi islohotlarning muhim maqsadlaridan biridir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri