Germaniya kiber tahdidga qarşi kuraşuvçi maxsus xizmat vakolatini kengaytiradi
Germaniya maxsus xizmatlari anʼanaviy ravişda boşqa mamlakatlardagi hamkasblariga qaraganda kamroq vakolatga ega edi. Gibrid tahdid kuçayişi munosabati bilan amalga oşirilayotgan yangi islohot mamlakat agentlariga qöşimça huquq beradi.
DW naşri xabar berişiça, Germaniyada keng kölamli razvedka islohoti ötkazilib, maxsus xizmatlarga josuslik, kiber hujum va sabotajga qarşi samarali kuraşiş uçun yangi vakolatlar berildi.
Qonun BND taşqi razvedka xizmatiga yanada faol çoralar köriş, jumladan muayyan şaroitda şubhali raqamli infratuzilmani işdan çiqariş, şuningdek kuzatuv va maʼlumotni saqlaş imkoniyatini kengaytirişni nazarda tutadi.
Özgariş tarafdorlari taʼkidlaşiça, endi zamonaviy xavfsizlik tahdidiga qarşi turiş va ittifoqçilarga qaramlikni kamaytiriş zarur. Binobarin, ayrim tanqidçilar ogohlantirişiça, yangi vakolatlar himoya çorasini zaiflaştiradi. Yaʼni, natsizm davridan qolgan davlat kuzatuv merosi saqlanib qolgan mamlakatda milliy xavfsizlik va fuqarolik erkinligi örtasidagi muvozanat buzilişi haqidagi bahs yana kuçayişi mumkin.
A.Mamatov, ÖzA