Kuşner: Ukraina böyiça keyingi uçraşuvga tayyorgarlik boşlandi
Ukraina böyiça yangi muzokaraga tayyorgarlik boşlandi, dedi AQŞ Prezidentining maxsus vakili Jared Kuşner.
– Keyingi köp tomonlama muloqot uçun kun tartibini tayyorlay boşladik, – deb yozdi u ijtimoiy tarmoq orqali. Uçraşuvni tez orada taşkil etiş ustida işlayapmiz.
Maxsus vakil uruşdan keyingi xavfsizlikni taʼminlaş muzokaraning asosiy mavzusi ekanini bildirdi. Uning fikriça, jangni töxtatiş mexanizmini mustahkamlaş bilan kelajakdagi tinçlik va barqarorlikka erişiladi.
Kuşner hamkasbi Stiven Uitkoff iştirokida RF Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov bilan suhbatlaşganini ham aytdi. Ular Ukraina böyiça kelişuv borasidagi natijalarni örtoqlaşgan.
– Har qanday yakuniy tinçlik şartnomasi Rossiya va Ukraina bilan kelişib olinişi kerak, – deya qöşimça qilgan Tramp vakili.
Bundan taşqari u inqirozni yengib ötiş yölida ijobiy, samarali ğoyalar paydo bölganini ham taʼkidlagan. Binobarin, jiddiy qiyinçilik hamon saqlanib turgani, yakuniy kelişuvga erişiş murakkab qarorlar talab qilişini ham inkor etmagan.
S.Rahimov, ÖzA