Xusiylar oldinga siljimoqda
Yaman hukumati va Saudiya Arabistoni bilan aloqador kuçlar Eron tomonidan qöllab-quvvatlanişi taxmin qilinadigan xusiylar yondaşuvi doirasida muvaqqat poytaxt Adan ustidan nazoratni kuçaytirişga intilmoqda.
DW naşri xabar berişiça, BMT tomonidan tan olingan Yaman hukumati bilan ittifoqda harakat qiluvçi va Saudiya Arabistoni tomonidan qöllab-quvvatlanadigan "Janubiy qurolli kuçlar" guruhi yakşanba kuni Bob Al-Mandib böğozidan çekingani maʼlum qilindi.
"Janubiy qurolli kuçlar" taʼkidlaşiça, köçiş Adan janubi, şuningdek qöşni viloyatlar xavfsizligini taʼminlaş, front çiziğini mustahkamlaş va mavjud tahdidni bartaraf etişga qaratilgan.
Rasman Prezident rahbarlik kengaşi – “Presidential Leadership Council” (PLC) deb ataladigan Yaman hukumatining vaqtinçalik qarorgohi bir milliondan köp aholi istiqomat qiladigan Adanda joylaşgan. Hukumat janubi-ğarbda strategik ahamiyatga ega Toiz şahri xusiylar tomonidan qamal qilinişiga ham çek qöyiş niyatida. Yamanning uşbu uçinçi yirik şahrida qariyb ikki million odam yaşaydi.
Qamal aholi örtasida oçarçilik keltirib çiqargan. Şifoxonalarda dori-darmon yetişmovçiligidan kelib çiqqan tibbiy inqiroz ham köpçilikda xavotir uyğotgan. Xusiylar mamlakat şimoli-ğarbining katta qismini, jumladan poytaxt Sanoni nazorat qiladi. AQŞ, Kanada kabi bir neça davlat ularni terror taşkiloti aʼzolari, deb biladi.
Sentyabr oyida xusiylar Qizil dengizni Adan körfazi va Hind okeani bilan boğlaydigan, dengiz savdosi va energiya yetkazib beriş uçun asosiy yölak sanalgan Bob Al-Mandib böğozi böylab qirğoqning katta qismini egallab, Xalq ozodlik frontiga qarşi şiddatli hujum boşladi. Söngra hududdagi örnini yanada mustahkamlab, yirik port şahri – Moxa ustidan ham nazorat örnatdi. Janubiy Yaman qurolli kuçlarining sönggi köçirilişi, ehtimol, isyonçilarga strategik muhim hudud ustidan nazoratni yanada kuçaytiriş imkonini berar. Manbalar “Frans Press” agentligiga maʼlum qilişiça, xusiylar hozir Adan şahridan atigi 60 kilometr masofada turibdi.
Yaman hukumati va xusiylar örtasidagi mojaro 10 yildan buyon davom etyapti. Sönggi haftalarda xusiylar Saudiyaga ham tez-tez hujum qilmoqda. Masalan, yakşanba kuni Qirol Xolid nomli xalqaro aeroport va poytaxt Ar-Riyoddagi moliya hududiga zarba berilgan. Saudiya esa xusiylar hujumi haqidagi maʼlumotni tasdiqlamadi.
A.Mamatov, ÖzA