Futzalchilarimiz Yevropada
Kecha futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Xose Mariya Mendes yetakchiligida Vengriya poytaxti Budapeshtga yetib bordi.
Bugun, 16-sentabr kuni 14 nafar futzalchidan iborat terma jamoa a’zolari ertaga Vengriya terma jamoasiga qarshi o‘yin oldi mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Aytish lozimki, FIFA kunlari doirasidagi futzal uchrashuvlarida Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari Budapeshtda Vengriya, Amsterdamda esa Niderlandiya milliy terma jamoalariga qarshi ikkitadan o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Ertaga, 17 va kelayotgan shanba, 19-sentabr kuni futzalchilarimiz Budapesht shahrida Vengriya terma jamoasi bilan, 21 va 22-sentabr kunlari esa Amsterdam yaqinidagi Zeyst shahrida Niderlandiya terma jamoasi bilan nazorat o‘yinlarini o‘tkazadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA