Futbolchilarimizning Jahon chempionatidagi raqiblari aniq bo‘ldi
2026-yilning 19-noyabridan 13-dekabrigacha Qatar maydonlarida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Syurix shahrida mazkur birinchilikka qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston U17 terma jamoasi “E“ guruhida Italiya, Kot-d'Ivuar va Yamayka bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.


Qur’a natijasiga ko‘ra guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
“A” guruhi: Qatar, Panama, Misr, Gretsiya;
“B” guruhi: Koreya Respublikasi,
Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) jamoasi-1, Yangi Kaledoniya, Ekvador;
“C” guruhi: Argentina, Avstraliya, Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) jamoasi-2, Daniya;
“D“ guruhi: Fransiya,
Gaiti, Saudiya Arabistoni, Urugvay;
“E“ guruhi:, Italiya, Yamayka, Kot-d'Ivuar, O‘zbekiston;
“F“ guruhi: Senegal, Xorvatiya, Kuba,Tojikiston;
“G“ guruhi: Mali, Yangi Zelandiya, Belgiya, Vetnam;
“H“ guruhi: Ispaniya, Xitoy, Fiji, Marokash;
“I“ guruhi: Braziliya, Irlandiya, Tanzaniya, Kosta-Rika;
“J“ guruhi: AQSH, Chernogoriya, Chili, Jazoir;
“K” guruhi: Meksika, Ruminiya, Kamerun, Venesuela;
“L“ guruhi: Yaponiya, Kolumbiya, Serbiya, Gonduras.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA