FUTBOL: Poytaxt vakilining ilk g‘alabasi
Mamlakat chempionati Pro-ligasida navbatdagi 14-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Mamlakat chempionati Pro-ligasida navbatdagi 14-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
“A” guruhidagi to‘rt o‘yindan ikkitasida mezbonlar ustunlik qilishdi, qolgan ikkitasida esa durang qayd etildi. Safarda g‘alaba qozonish hech bir klubga nasib etmadi. Oldindan taxmin qilinganidek, “Andijon” va “Mash’al” jamoalari mehmonda to‘p surishlariga qaramay uch ochko bilan qaytishlari bashorat qilingandi, ammo “Sho‘rtan” va “Istiqlol” jamoalari bunga yo‘l qo‘yishmadi.
“V” guruhida chinakam shov-shuv yuz berdi. 13 o‘yindan beri bor-yo‘g‘i bitta durang qayd etgan va qolgan barcha o‘yinlarni boy berib kelayotgan poytaxtning “Lokomotiv-BFK” jamoasi o‘zining birinchi g‘alabasiga erishdi. Buning ustiga safarda to‘p surishiga qaramay Buxoroning “Labsa” jamoasini mag‘lubiyatga uchrata oldi. Qolgan barcha o‘yinlarda mezbonlar muvaffaqiyat qozonishdi...

Qayd etilgan natijalar:
14-tur. 11 iyun (dushanba)
“A” guruhi
“Istiqlol” – “Mash’al” - 1:1
“Xorazm” – “Dinamo” - 3:2
“Sho‘rtan” – “Andijon” - 0:0
“Surxon” – “Norin” - 3:1
“V” guruhi
“Iftixor” – “Xotira-79” - 4:2
“Nurafshon” – “G‘ijduvon” - 3:1
“Sherdor” – “Yozyovon” - 3:1
“Labsa” – “Lokomotiv-BFK” - 2:4
Oybek Yunusov