Futbol: O‘zbekiston Qozog‘iston termasini mag‘lub etdi
Bugun, 16 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining ustunligida o‘tgan o‘yinda vakillarimiz qo‘shni davlat terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Har ikki jamoaning yetakchi futbolchilari tup surgan o‘yinning 12 daqiqasida Hojimat Erkinov Eldor Shomurodovning uzatmasidan unumli foydalangan holda tupni raqib darvozasiga yo‘lladi. 1-bo‘limning so‘nggi daqiqasida Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasini 2:0 hisobida oldinga chiqib olishini ta’minladi.
O‘yinning 2-daqiqasi so‘ngiga qadar ushbu natija o‘zgarishsiz qoldi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston - 2:0
Bosh hakam: Sergey Karasyov
Qanot hakamlari: Igor Demeshko, Maksim Gavrilin
To‘rtinchi hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov
"Paxtakor" stadioni. 18:00
Gollar: Hojimat Erkinov 12, - 1:0. Eldor Shomurodov 45, - 2:0 (Otabek Shukurov).
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Farruh Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 8.Dilshod Saitov (13.Sherzod Nasrullayev, 69), 9.Odiljon Hamrobekov, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeyev, 84), 15.Umar Eshmurodov, 19.Azizbek Turg‘unboyev (11.Oston O‘runov, 69), 20.Hojimat Erkinov (6.Sardor Sobirxo‘jayev, 69), 23.Husniddin Aliqulov
Zaxira: 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 2.Alibek Davronov, 3.Ruslanbek Jiyanov, 10.Bobir Abdixoliqov, 17.Dostonbek Hamdamov, 18.Abdulla Abdullayev, 22.Akmal Mozgovoy
Qozog‘iston: 12.Igor Shatskiy, 2.Sergey Maliy, 3.Nurali Alip, 7.Aslan Darabayev (19.Baxtiyor Zaynutdinov, 46), 8.Asxat Tagibergen (s), 10.Elxan Astanov (5.Islambek Kuat, 80), 16.Mixail Gabishev (13.Bagdat Kairov, 73), 17.Abat Aymbetov (25.Aybar Jaksilikov, 73), 18.Timur Dosmagambetov (14.Dmitriy Shomko, 73), 20.Ramazan Orazov (9.Bauirjan Islamxan, 68), 22.Aleksandr Marochkin
Zaxira: 1.Aleksandr Zarutskiy,15.Danil Ustimenko
Zaxira: 1.Aleksandr Zarutskiy,15.Danil Ustimenko, 4.Temirlan Yerlanov, 6.Sultanbek Astanov, 11.Artur Shushenachev, 21.Abzal Beysebekov, 23.Abilayxan Jumabek, 24.Maksim Samorodov.
T. Ro‘ziyev, O‘zA.