Futbol: O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Behruz Karimov Shveysariyaga yo‘l olmoqda
AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida o‘tkazilgan 23-jahon chempionati yakunlaridan keyin milliy terma jamoamizda harakatlanayotgan bir qator yosh futbolchilarga xorijiy mamlakat futbol klublarining qiziqishi ancha ortdi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoamizning asosiy tarkibida Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushib, o‘z iqtidorini namoyish etgan Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Shuningdek, avvalroq milliy terma jamoamizning yana bir himoyachisi 22 yoshli Jahongir O‘rozov Samarqandning “Dinamo” jamoasidan Qozonning “Rubin” jamoasiga sotib olish sharti bilan ijaraga berilgandi.
Aytish lozim, O‘rozov Jahon chempionatida terma jamoa safida Kolumbiya va Kongo jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarda maydonga tushgandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA