Paraosiyo o‘yinlaridagi medallarimiz soni 116 tani tashkil etmoqda
Yaponiyada davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 37 ta oltin, 38 ta kumush va 39 bronzaga yetdi.
Paraosiyo o‘yinlarida suzish bo‘yicha Mubina Xalilova oltin, Muslima Odilova bronza, Azizbek Boynazarov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida S13 klassining 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida Mubinabonu Xalilova 28,04 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Yana bir vakilimiz Muslima Odilova 28,66 soniya natija qayd etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi. Kumush medal Yaponiya vakiliga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasida S8 klassining 100 metrga chalqancha suzish finalida ishtirok etgan Azizbek Boynazarov 1 daqiqa 7,93 soniya natija bilan finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medalni qo‘shdi.
Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida +107 kilogramm vazn toifasida bellashgan Ilhom Halimov esa 223 kilogramm natija bilan uchinchi o‘rinni egallab, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA