OAV vakillari uchun Yangi Toshkentdagi stadionga press-tur tashkil etildi (+video)
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda “KOÇ Construction” kompaniyasi hamkorligida yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida ishtirokchilar poytaxtimizda barpo etilayotgan “Yangi Toshkent” stadioni qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar, loyihaning ko‘lami hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur loyiha O‘zbekistonda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy sport inshootlarini barpo etish va yurtimizda yirik xalqaro futbol musobaqalarini o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Ushbu video orqali jarayonni tomosha qilishingiz mumkin.
Karim Xudayqulov,Oybek Davronov. O‘zA