Futbol: "Osiyo kubogi — 2027" musobaqasi boşqa muddatga köçirildi
Saudiya Arabistonida ötkazilişi belgilangan futbol böyiça "Osiyo kubogi — 2027" musobaqasi muddati özgartirildi. Endi qitʼa birinçiligi 2027-yil dekabr oyidan 2028-yil yanvar oyiga qadar davom etadi.
Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) maʼlum qilişiça, dastlab 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralga qadar ötkazilişi rejalaştirilgan musobaqa favqulodda vaziyatlar, jumladan, mintaqadagi logistika bilan boğliq murakkabliklar va safar çeklovlari sababli boşqa muddatga köçirilgan.
Qurʼa natijalariga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi «B» guruhidan joy olgan. Futbolçilarimiz guruh bosqiçida Iordaniya, Bahrayn va KXDR terma jamoalariga qarşi bahs olib boradi.
Yangi taqvimga köra, Osiyo kubogi bahslari 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvarga qadar Saudiya Arabistonida bölib ötadi. Musobaqa öyinlarining aniq taqvimi keyinçalik qayta eʼlon qilinadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA