Fuqaroning pensiyasi qayta hisoblandi
Bugungi kunda fuqarolarning o‘z huquqlarini talab qilishi jamiyatda ochiqlik va adolatni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Shunga qaramay, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida yuzaga kelgan holat murojaatchining haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ushbu tumandagi maktablardan birida ishlaydigan o‘qituvchi Z.Umarova 2024-yil 17-oktabrda pensiyaga chiqqan. Unga dastlab 3 million 400 ming (uch million to‘rt yuz ming) so‘m pensiya hisoblanib, 2026-yilning iyun oyiga qadar shu miqdorda to‘lab kelingan.
Fuqaro 2026-yilning iyun oyida o‘ziga belgilangan pensiyani qayta hisoblatganda, summa 4 million 200 ming so‘mga ko‘paygan. 2024-yilning oktabridan 2026-yilning iyul oyigacha bo‘lgan davrdagi to‘lanmay qolgan summalarni (20 oy davomidagi) talab qilib borgan vaqtida, nafaqa tayinlash guruhi boshlig‘i M.N. tomonidan "to‘lanmaydi" degan rad javobini olgan.
Iste’molchi Z.Umarova 2024-2026-yillar oralig‘ida o‘ziga tegishli bo‘lgan, kam to‘lab kelingan pensiya pullarining to‘liq undirib berilishini va bu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Taxtako‘pir tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan. Uning murojaati federatsiya mutaxassislari tomonidan qonun asosida o‘rganib chiqilib, iste’molchining huquqlari har tomonlama himoya qilindi. Natijada fuqaroga ajratilgan pensiya miqdori 3 million 400 ming so‘mdan 4 million 200 ming so‘mga ko‘paytirib berilishiga erishildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri