Freestyle shaxmati bo‘yicha O‘zbekiston chempionatidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Freestyle shaxmati bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 140 million so‘mni tashkil etuvchi musobaqada rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar o‘tkazilyapti.
Rapid yo‘nalishida qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda Lazizabonu Komiljonova 9 partiyadan 7 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni Madinabonu Xalilova (6,5 ochko) va Husnoraxon Husnitdinova (6 ochko) egalladi.
[gallery-30615]
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda esa besh turdan so‘ng Sa’dullo Azizov 5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Almas Rahmatullayev 4,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, yana 9 nafar shaxmatchi 4 tadan ochko to‘plagan.
Bugun rapid yo‘nalishidagi qolgan turlar o‘tkaziladi. Erta va indin esa chempionatning blits bahslari bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA