"Aichi-Nagoya-2026": Basketbol 3x3dagi raqiblarimiz ma’lum
Joriy yilning 19-sentabr-4-oktabr kunlari Yaponiyada o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining jamoaviy o‘yin sport turlariga qur’a tashlash marosimlari davom etmoqda.
Xususan, kuni kecha “Aichi-Nagoya-2026” o‘yinlar dasturidan o‘rin olgan basketbol 3x3 bahslarida milliy terma jamoalar o‘z guruhlaridagi raqiblarini bilib oldi.
Tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, yozgi Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan 16 ta basketbol 3x3 jamoalari guruh bosqichida kimlar bilan ro‘baro‘ kelishi oydinlashdi. Basketbol 3x3 bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “B” guruhida Yaponiya, Xitoy Taypeyi va Eron jamoalari bilan saralash musobaqalarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, basketbol 3x3 musobaqalari 21- 25-sentabr kunlari tashkil etiladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA