Fransiya Ukrainaga yangi avlod qiruvchi samolyotlarini yetkazib beradi
Ukraina yaqin haftalarda raketalar bilan birga taqdim etiladigan yangi avlod “SAMP/T” havo hujumidan mudofaa batareyalarining ilk turkumini qabul qilib oladi.
Shuningdek, 16 ta “Mirage” qiruvchi samolyotiga ega bo‘ladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo‘lib o‘tgan “Ko‘ngillilar koalitsiyasi” yetakchilarining uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi va birinchi uchoq 2028–2029-yillarda Ukraina osmonida parvoz qilishni boshlashini ta’kidladi.
Mazkur tizimlarni ishlab chiqaruvchi “MBDA” kompaniyasining ma’lum qilishicha, yangi avlod “SAMP/T” majmualari taktik ballistik raketalarni urib tushirish bo‘yicha kengaytirilgan imkoniyatlarga ega.
Bundan tashqari, Makron yaqin oylarda koalitsiya kuchlari Ukrainaga qo‘shni davlatlar hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini e’lon qildi. Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchiligidagi ushbu koalitsiya Rossiya bilan sulh bitimi imzolangan taqdirda, Ukrainaga tezkorlik bilan harbiy kontingent kiritishni rejalashtirmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA