Firibgarlik evaziga tölangan jarima
Sud oçerki
Jinoyat kodeksining 42-moddasiga binoan, jazo mahkumni axloqan tuzatiş, uning jinoiy faoliyatni davom ettirişiga tösqinlik qiliş hamda mahkum, şuningdek, boşqa şaxslar yangi jinoyat sodir etişining oldini oliş maqsadida qöllaniladi. Ammo ayrim sudlanuvçilarning közi jinoiy jazoni ötagandan keyin ham oçilmaydi.
Afsuski, Jalaquduq tumanida yaşovçi Zulfizar Basirova (materialdagi ism-şariflar özgartirilgan) muqaddam 2 marotaba qöşmaçilik va odam savdosi jinoyatlariga qöl urgani uçun sudlanib, qonuniy jazoga tortilgan bölsa-da, közi oçilmadi. Eng açinarlisi, sud tomonidan tayinlangan jazoni hali ötamay turib, yangi jinoyatlarni sodir etaverdi. Oqibatda bu gal uning salkam 3 yil mobaynida sodir etgan jinoyatlari foş böldi.
Öşanda 2022-yil dekabr oyining sovuq kunlari edi. Zulfizar fuqaro Z.Ahmedovaning “Matiz” avtomaşinasi sotib oliş niyatida yurganini bilib qoladi.
-Bilasiz, mening tanişlarim köp. Özim sizga yaxşi maşina topib beraman, narxi ham qimmat bölmaydi,-deydi u xaridor ayolning işonçiga kirib.
Bu gapga laqqa tuşgan Z.Ahmedova uning qöliga oldindan 900 AQŞ dollarini tutqazadi. Biroq Z.Basirova vaʼdasini bajarmay, pulni şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuboradi. Maşina olib bermagani yetmagandek, olgan pulini ham qaytarmaydi. Oradan bir yil ötgaç, ayolning soddaligidan yana foydalanadi. Yaʼni tez kunlarda qaytarib beriş şarti bilan 1400 AQŞ dollari miqdorida qarz oladi. Şu bilan birga, undan özining nomiga muddatli tölov şarti asosida maişiy texnika mahsulotlarini olib berişini iltimos qiladi.
-Har oylik pulini öz vaqtida tölayman, sizga muammo bölmaydi,-deb aldaydi boyaqiş Z.Ahmedovani.
Şunday deya quyuq vaʼda berib, 24 million 634 ming sömlik 2 dona maişiy texnikani qölga kiritadi. Lekin mazkur tovarlarni begona şaxsga naqd pulga sotib yuborib, pulini hamyoniga uradi. Muddatli tölovlarni ham umuman amalga oşirmaydi. Olgan 1400 AQŞ dollari qarzini ham qaytarmaydi.
Şundan söng Zulfizar bir yarim yilça “tanaffus” qiladi. 2025-yilning yanvar oyida esa yana firibgarligini davom ettira boşlaydi. Öşanda u fuqaro N.Karimşakovani avrab, uning nomiga turli kredit dökonlaridan muddatli tölov evaziga olingan 58 million sömlik maişiy texnika mahsulotlarini qölga kiritadi. Keyin avvalgi usulda notaniş şaxslarga sotib yuboradi. Biroq vaʼda qilgan muddatli tölovlarini amalga oşirmagani bois unga yaxşilik qilgan ayol jabr çekib qolaveradi. Şu tariqa u fuqarolar N.Haydarova, Z.Yuldaşeva, Ş.Bagişeva, A.Yuldaşeva, Xapiza Komilova, X.Mamanova, M.Maxsulova va Xilola Komilovalarning nomiga 100 million 404 ming sömlik maişiy texnika mahsulotlarni olib, naqd pulga sotadi. Ammo pullar kredit tölovlariga emas, balki uning şaxsiy ehtiyojlariga sarflaydi.
Jinoyat işida eʼtiborni tortadigan bir epizod bor. Yaʼni Zulfizar Barisova 2025-yil iyun oyida fuqaro Ş.Hamidovaning nomiga ham 37 million 400 ming sömlik maişiy texnikani kredit dökonidan olib, sotib yuboradi. Bu pulning naqd 8 million 25 ming sömini u jinoyat işlari böyiça Jalaquduq tuman sudining 2023-yil 7-sentabrdagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismiga muvofiq tayinlangan eng kam oylik iş haqining 25 baravari miqdoridagi jarima jazosi uçun tölagan. Negaki jinoyat işida uning jarimani 2025-yil 4-iyun kuni tölagani qayd etilgan. Yaʼni firibgar xonim jinoiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani ham firibgarlik evaziga topgan mablaği hisobidan tölagan.
Bundan taşqari, u 2025-yil mart oyida fuqaro M.Xolmirzayevadan 5 million söm, may oyida esa H.Mahkamova va D.Şarofutdinovalardan 2800 AQŞ dollarini qarzga olib, bermay qöyadi.
Beburdlikni qarangki, 2025-yil iyun oyida A.Yuldaşevani 27,5 million sömga çuv tuşirgani yetmagandek, oradan 2 oy ötgaç ayolning pulini ham öğirlaydi. Aniqroği, A.Yuldaşevaning “Xalq banki” tuman filialidan berilgan plastik kartasini öziga bildirmagan holda qölga kiritib, uyali telefoni orqali “Klik” mobil ilovasiga ulab oladi. Söng plastik kartadagi 1 million söm pulni yaşirin ravişda yeçib olib, talon-taroj qiladi. Ammo...
Ammo “Köza kunda emas, kunida sinadi” deganlaridek, fuqaro N.Maxsudovaning huquqni muhofaza qiliş idoralariga yöllagan murojaati tufayli Zulfizar Basirovaning kirdikorlari foş etiladi. Oqibatda “qahramon”imizga nisbatan jinoyat işi qözğatiladi. Jinoyat işlari böyiça Buloqboşi tuman sudi esa uni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga mahkum etdi. Qolaversa, sud hukmida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararlarni undiriş ham belgilandi. Şuningdek, jabrlanuvçilarga jinoyat oqibatida yetkazilgan qolgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undiriş yuzasidan kelgusida fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiliş huquqi tuşuntirildi.
Xulosa örnida taʼkidlaş lozimki, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligidan heç kim qoçib qutila olmaydi. Biroq, Z.Basirova qilmişlarining oqibatini his qilmadi. Yoki tanlagan yölining boşi berk ekanligini bilsa ham özini töxtatmadi. Vaholanki, birinçi va ikkinçi sudlanişida ham ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanib, unga imkoniyat berilgandi.
Nodirjon MIRZAJONOV,
jinoyat işlari böyiça Buloqboşi
tuman sudining raisi