Firdavs Atamuradov Osiyo o‘yinlari sovrindori
XX yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning MMA bahslarida ishtirok etayotgan sportchilarimizdan ikki nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Xususan, -60 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan Firdavs Atamuradov so‘nggi hal qiluvchi bahsda tojikistonlik Mirzobek Umarov bilan raqobatlashdi. Afsuski, ushbu jangda vakilimizga omad biroz yetishmadi. Natijada kumush medal bilan taqdirlandi.
Birozdan so‘ng, ayollar o‘rtasida -60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Hilola Sobirova final bosqichida singapurlik Xui Xun Teo bilan oltin medal uchun kuch chinashadi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi medallari soni 1 oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA