Financial Times: Rossiya dron hujumidan keyin 18 yirik neft zavodini tiklay olmadi
Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan uzoq masofada joylashgan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga yo‘llangan zarbalari RF sanoatining eng muhim tarmog‘ini karaxt holga tushirdi. Keltirilgan zarar umumiy ishlab chiqarishning taxminan 12 foizini tashkil qilmoqda.
“Financial Times” gazetasi “S&P Global” sun’iy yo‘ldosh ma’lumoti va tahliliga tayanib xabar berishicha, 27-iyul holatiga ko‘ra, zarar ko‘rgan va yopilgan 26 NQIZdan atigi 8 tasi – Omsk zavodi, Tataristondagi “Taneko”, Boshqirdistondagi “Gazpromneftexim Salavat”, “Ufaneftexim”, “Permnefteorgsintez”, Novoufimskiy, Uxtinskiy va Antipsk korxonalari faoliyati to‘liq tiklangan, xolos.
11 zavod ishlab chiqarishni faqat qisman tiklagan, 7 tasi ishlamayapti. Bu majmualar orasida mamlakatdagi ikkinchi yirik NQIZ hisoblangan Leningrad viloyatidagi “Kinef” va “Rosneft”ning Tuapse, Sizran, Kuybishev va Novokuybishevsk korxonalari bor.

Rossiyada ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchi 10 likka kiruvchi Ryazan, Quyi Novgorod va Volgograd neftni qayta ishlash zavodlari o‘z quvvatining faqat yarmini, Moskva NQIZ esa uchdan birini tiklay oldi.
S.Rahimov, O‘zA