FIFA rahbari Janni Infantino Eron terma jamoasi kiyinish xonasiga tashrif buyurdi
Forslar mundialning 2-turida 21-iyun kuni Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.
FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasining Yangi Zelandiyaga qarshi bahsdan so‘ng ularning kiyinish xonasiga tashrif buyurdi va uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi.
"Bu o‘yin sizlar uchun oson bo‘lmaganini bilaman. Ozgina omad bo‘lganida albatta g‘alaba qozongan bo‘lar edinglar. Nimalarni boshdan kechirganinglarni juda yaxshi tushunaman. Bugun siz stadionni birlashtira oldinglar. Agar murabbiyingiz qarshi bo‘lmasa, keyingi o‘yinda sizning jamoangizda hujumda o‘ynagan bo‘lardim", - dedi Infantino.
Forslar mundialning 2-turida 21-iyun kuni Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.