Farmatsevtika mahsulotlari eksportini Afğoniston bozorida kengaytiriş masalalari muhokama qilindi
Xabar berilganidek, Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi vakillari hamda tadbirkorlar delegatsiyasi Afğonistonda qator uçraşuv va muzokaralar ötkazdi. Agentlik matbuot xizmati mazkur tadbirlar yuzasidan batafsil maʼlumot taqdim etdi.
Jumladan, Kobul şahrida Afğonistonning Dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari böyiça idorasi (AFDA) vakillari Agentlik xodimlari hamda tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uçraşdi. Muloqot davomida ikki mamlakat farmatsevtika sohasidagi hamkorlik natijalari, istiqbolli rejalar va özaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Şu kuni Afğonistonning mahalliy distribyutorlari hamda Özbekiston farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqaruvçilari örtasida B2B formatida işbilarmonlik uçraşuvi taşkil etildi. Unda Özbekistonda işlab çiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini Afğoniston bozoriga eksport qiliş, mahalliy distribyutorlar bilan töğridan-töğri hamkorlikni yölga qöyiş va distribyutorlik aloqalarini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, Kobul şahrida Afğonistonning Dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari böyiça idorasi (AFDA), Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi hamda Afğoniston hukumati mutasaddilari iştirokida işçi uçraşuv bölib ötdi. Unda GDP standartlari asosida omborxona taşkil etiş loyihasi, laboratoriya uskunalaridan foydalaniş böyiça amaliy öquv maşğulotlarini taşkil etiş, özaro hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va tösiqlarni bartaraf etiş masalalari muhokama qilindi.
Agentlik vakillari Afğonistonning Dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari böyiça idorasi raisi Hamdulla Zohid janoblari bilan ham uçraşib, dori vositalari va tibbiy mahsulotlar savdosini kengaytiriş hamda ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli aloqalarni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşdi.
Özbekiston delegatsiyasining Afghanistan Health Exhibition körgazmasidagi iştiroki, ayniqsa, manfaatli böldi. Mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilarning mahsulotlari, faoliyati hamda yangi hamkorlik yönalişlari bilan tanişildi.

Mozori Şarif şahrida Balx viloyati Dori-darmon uyuşmasi rahbari, Balx viloyati Savdo va sanoat vazirligi boşqarmasi rahbarining örinbosari hamda Balx viloyati Dori-darmon idorasi boşqarmasi boşliği bilan uçraşuvda Özbekiston farmatsevtika mahsulotlarini Afğoniston bozoriga yetkazib beriş, savdo aloqalarini rivojlantiriş va sohadagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA