Farg‘onada "Qovun sayli"
“Qovun sayli” deganda Xorazm festivali ko‘z oldingizga keladi. Yo‘q, Farg‘ona vodiysida ham asrlar davomida shirasidan til qotadigan qovunlar yetishtirib kelingan. Xirmon ko‘tarilgach, Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani Andarxon qishlog‘ida an’anaviy xalqaro "Qovun sayli" boshlandi.
Unda xorijiy mehmonlar, qovun yetishtiruvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Ular qovun yetishtiruvchi oilalar tajribasi, uni saqlash jarayonlari bilan tanishdilar.
Sayl davomida "Qovun bog‘lash" musobaqasi ham bo‘lib o‘tdi. Shuningdek qovun yetishtirish bo‘yicha mahorat darslari, tashkil etildi.
Qovun saylida Farg‘ona vodiysining barcha viloyatlaridan poliz ekinlari mutaxassislari, olimlar, tajribali qovunchilar ishtirok etar ekan bunday tadbirni muntazam, har yili tashkil etish taklifi bilan chiqdilar.
Muhammadjon Obidov, O‘zA